Global texnologik brend HONOR Özbekistonda yangi HONOR 600 seriyasi taqdim etilişini e’lon qiladi. Yangi smartfonlar mobil fotografiya va sun’iy intellekt imkoniyatlarini yangi bosqiçga olib çiqib, yangilangan AI Image to Video 2.0 texnologiyasi, flagman darajadagi 200MP Ultra-clear Night Camera, 7000 mA·soat siğimli batareya hamda HONOR’ning aqlli qurilmalar ekotizimini birlaştiradi.

Yangi seriya şunçaki kontent yaratişni emas, balki sun’iy intellekt yordamida ijodga yangiça yondaşişni istaydigan foydalanuvçilar uçun yaratilgan. HONOR 600 flagman qurilmalarning imkoniyatlarini yanada hamyonbop narx bilan uyğunlaştirib, value flagship toifasida yangi standartni belgilaydi.

AI Image to Video 2.0: suratlarni jonli hikoyalarga aylantiriş

Seriyaning asosiy innovatsiyasi yangilangan AI Image to Video 2.0 texnologiyasi böldi. Uşbu funksiya oddiy suratlarni sun’iy intellekt yordamida dinamik videoroliklarga aylantiriş imkonini beradi.

Foydalanuvçilar özbek, rus va ingliz tillarida matnli sörovlar asosida video yaratişi, tayyor şablon va ssenariylardan foydalanişi, bir neçta tasvirlarni birlaştirişi hamda bir neça soniya içida töliq videohikoyalar yaratişi mumkin.

Mobil fotografiyaning yangi darajasi

HONOR 600 seriyasi yuqori aniqlikdagi suratlarni kunduz va tun şaroitida ta’minlaydigan 200MP Ultra-clear Night Camera boşçiligidagi yangi avlod kamera tizimiga ega böladi.

Murosasiz quvvat va avtonomlik

HONOR 600 7000 mA·soat siğimli batareya bilan jihozlangan bölib, bu HONOR Number seriyasi tarixidagi eng katta siğimli batareyadir.

Energiya sarfini aqlli boşqariş tizimi tufayli smartfon zaryadlanişsiz ikki kungaça işlaş imkonini beradi. Şu bilan birga, qurilma özining yupqa korpusi va premium dizaynini saqlab qolgan.