Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston kritik minerallar sohasidagi xalqaro hamkorlikni kengaytirmoqda
O‘zbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) dunyoning eng yirik tog‘-kon va metallurgiya holdinglaridan biri – Shaanxi Non-ferrous Metals Holding Group korporatsiyasi bilan hamkorlik memorandumini imzoladi.
Ma’lum qilinishicha, Shaanxi Non-ferrous Metals Holding Group molibden, titan, rangli metallar, geologiya, injiniring hamda to‘liq sanoat zanjiri bo‘yicha jahon miqyosida yetakchi o‘rinlarni egallab kelayotgan korporatsiyalaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda holding tarkibida 30 dan ortiq korxona va tashkilotlar faoliyat yuritib, ularda 40 mingdan ziyod mutaxassis ish olib bormoqda. Korporatsiya geologik qidiruv, konlarni o‘zlashtirish, qazib olish, boyitish, metallurgik qayta ishlash, ilmiy tadqiqotlar, injiniring hamda yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘nalishlarini qamrab olgan integratsiyalashgan sanoat tizimini shakllantirgan.
Holding tarkibidagi Jinduicheng Molybdenum kompaniyasi dunyodagi yirik molibden ishlab chiqaruvchilardan biri sanaladi. Shuningdek, korporatsiya tarkibiga aerokosmik sanoat uchun titan va titan qotishmalarini ishlab chiqaruvchi Baoti Group ham kiradi. Ushbu kompaniya titan sanoatining global yetakchilaridan biri hisoblanadi.
O‘zbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) va Shaanxi Non-ferrous Metals Holding Group o‘rtasida imzolangan memorandum geologiya-qidiruv ishlarini rivojlantirish, kritik minerallarni qazib olish va chuqur qayta ishlash, ilg‘or texnologiyalar transferi, ilmiy-tadqiqot faoliyatini kengaytirish, mutaxassislar tayyorlash hamda istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazarda tutadi.
Mazkur hamkorlik O‘zbekistonning kritik minerallar sohasidagi salohiyatini oshirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish va yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
19:00 / 26.11.2025
TMK – O‘zbekiston va AQSh munosabatlarida kritik minerallar ko‘prigi
18:31 / 26.11.2025
Samarqand viloyatida volfram majmuasi quriladi
19:00 / 19.11.2025
TMK O‘zbekistonning volfram bozoridagi ulushini oshiradi
09:00 / 18.07.2025