O‘zbekiston | 19:00 / 10.06.2026
2828
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Premium avtomobillar bozori kengaymoqda: DENZA O‘zbekistonda rasman faoliyat boshladi

Toshkentda o‘tkazilgan taqdimot marosimida kompaniyaning DENZA B8 va DENZA B5 modellari namoyish etilib, yangi avlod gibrid texnologiyalari hamda premium mobil ekotizimi tanishtirildi.

6 iyun kuni Kimyogarlar madaniyat saroyida bo‘lib o‘tgan tadbirda Xitoyning premium avtomobil brendi DENZA O‘zbekistonda faoliyatini rasman boshlaganini elon qildi va o‘zining ilk modellari DENZA B8 hamda DENZA B5 avtomobillarini jamoatchilikka namoyish etdi.

Tadbirda BYD Group’ning Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy boshqaruv direktori Ivan Tsao so‘zga chiqdi. Uning ta’kidlashicha, DENZA texnologiyani maqsad emas, inson hayotini qulayroq va xavfsizroq qilish vositasi sifatida ko‘radi.

“DENZA foydalanuvchilar uchun yanada qulay va aqlli mashina, shuningdek, ilhomlantiruvchi tajriba yaratish vositasi hamdir. Biz O‘zbekiston bozoriga ilg‘or texnologiyalar, premium dizayn va yuqori imkoniyatlarni o‘zida mujassam etgan brendni olib kirganimizdan mamnunmiz”, – dedi Ivan Tsao.

Bugungi kunda avtomobil bozorida premiumlik tushunchasi faqat qimmat narx yoki nufuz bilan emas, texnologiya, xavfsizlik, qulaylik va haydovchi uchun yaratilgan tajriba orqali baholanmoqda. DENZA aynan shu tamoyilni o‘zining “Technology drives elegance” (“Texnologiyalar nafislikni yaratadi”) falsafasi orqali ilgari suradi.

Brend 2010 yilda BYD va Mercedes-Benz hamkorligida tashkil etilgan. Hozirda DENZA BYD’ning premium yo‘nalishi sifatida faoliyat yuritib, elektr va gibrid avtomobillar segmentida o‘z o‘rnini mustahkamlab bormoqda.

Taqdimot davomida kompaniya DMO (Dual mode off-road) texnologik platformasi haqida ham ma’lumot berdi. Ushbu gibrid arxitektura yo‘lsiz hududlarda harakatlanishga mo‘ljallangan avtomobillar uchun ishlab chiqilgan bo‘lib, elektr va gibrid kuch qurilmalarining afzalliklarini birlashtiradi. Platforma aqlli to‘liq yuritma tizimi, muvozanatli og‘irlik taqsimoti, Cell-to-Chassis texnologiyasi hamda zamonaviy osma boshqaruv tizimlari bilan jihozlangan.

Marosimda milliy madaniyat va zamonaviy texnologiyalar uyg‘unligiga alohida e’tibor qaratildi. Tadbir Susani by Kasimbaeva brendi bilan hamkorlikda tashkil etilib, o‘zbek kashtachilik an’analari va innovatsion yechimlar bir makonda jamlandi. Bu esa DENZA ilgari surayotgan qadriyatlar merosga hurmat va taraqqiyot sari intilish g‘oyalarini aks ettiradi.

Kechaning asosiy voqeasi esa DENZA B8 va DENZA B5 modellari premerasi bo‘ldi.

DENZA B8 kompaniyaning flagman modeli hisoblanadi. Avtomobil keng salon, yuqori sifatli interer, zamonaviy raqamli texnologiyalar va yuqori darajadagi qulaylik bilan ajralib turadi. Model xizmat safarlari hamda oilaviy sayohatlar uchun mo‘ljallangan premium avtomobil sifatida taqdim etildi.

DENZA B5 esa yangi avlod premium SUV segmenti vakilidir. Model dinamik xarakter, zamonaviy texnologiyalar va yo‘ldan tashqari sharoitlarda harakatlanish imkoniyatlarini o‘zida birlashtiradi. Kompaniya vakillariga ko‘ra, avtomobil faol turmush tarzini tanlagan va harakat erkinligini qadrlaydigan mijozlar uchun mo‘ljallangan.

DENZA’ning O‘zbekiston bozoriga kirib kelishi mamlakatda premium avtomobillarga bo‘lgan talab ortib borayotganidan dalolat beradi. Brend yangi avtomobillar bilan bir qatorda texnologiyalar va xizmatlarga asoslangan zamonaviy mobil ekotizimni ham taklif etishni maqsad qilgan.

Instagram 

Reklama huquqi asosida

Мунира Тошниёзова
Tayyorlagan Мунира Тошниёзова
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish