Tu-22M3 samolyoti Irkutsk viloyatida qöniş paytida halokatga uçradi, deb xabar berdi Rossiya Mudofaa vazirligi.
Vazirlik ma’lumotlariga köra, bombardimonçi samolyot rejali öquv-maşğulot parvozini amalga oşirgan. Ekipaj katapulta qilgan, uçuvçilarning hayoti va soğliğiga heç qanday xavf yöq.
Rossiya Mudofaa vazirligining ta’kidlaşiça, samolyot öq-dorilar töplamisiz parvoz qilgan. Guvohlarning aytişiça, samolyot Svirsk şahri yaqinida qulagan.
Tu-22M3 — uzoq masofali tovuşdan tez uçuvçi bombardimonçi raketa taşuvçi samolyoti, uning qiymati taxminan 100 million dollar. Bu samolyotlar Rossiya Havo-kosmik kuçlarining uzoq masofali aviatsiyasi tarkibiga kiradi. Uzoq masofali aviatsiya samolyotlari Rossiya yadroviy triadasining tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi, biroq ular oddiy raketa-bomba qurollari, jumladan, qanotli raketalar bilan ham zarba berişi mumkin.
Tu-22M3 samolyotlari 2025 yil aprel oyida Irkutsk viloyatining Usolsk tumanida, 2024 yil avgust oyida esa Irkutsk viloyatining Çeremxov tumanida halokatga uçragan edi.








