JÇdagi birinçi tur öyinlari tugay deb qoldi. Oldingi kundaligimizdan keyin yana törtta guruhda öyinlar ötkazildi. Ispaniya debyutant jamoani yenga olmadi, Eronni öyin tugaşi bilan quvişdi, Osiyo jamoalarining mağlubiyatsiz seriyasi buzildi. Mbappe, Holland va Messi mundialni juda zör boşladi.

Ispaniya oqsadi

Musobaqaning asosiy favoriti deb qaralayotgan Ispaniya musobaqani Afrika vakili bölgan debyutant Kabo-Verde bilan durang öynab boşladi. Butun öyin hujum qilgan ispanlar bororta gol ura olmadi. Musobaqadan oldin ispanlarning kuçsiz tomoni deb qaralgan hujum çiziği çindan pand berdi.

Hujumda kimlar öynaganini qarang: Mikel Oyarsabal, Ferran Torres, Gavi. Bu futbolçilarni kamsitiş adolatdan bölmaydi, lekin Ferran «Barsa»da vaziyatlar kuşandasi ekani, Gavi hujumçi emasligi, Oyarsabal örtamiyona hujumçilar sirasiga kirişini hamma biladi. Mikel Yevro finalida Ispaniyaga sovrin olib kelgan ğalaba golini urgan, Ferranning ham öyini çiqib qolsa, köp gol uradi, lekin aynan Kabo-Verde bilan öyinda Ispaniya hujum çiziği özini körsata olmadi.

Ispaniya uçun hujumçisiz öynaş yangilik emas. Masalan, Yevro-2012 finalida ispanlarda hujumçi sifatida Fabregas, David Silva hamda Iniyesta öynagan. Ya’ni, «Qizil furiya» hujumçisiz öynab ham, bemalol törtta gol urib, çempion bölgan. Özi Ispaniyada Torres va Vilyadan keyin yorqin hujumçi çiqmay ham qöydi-da. Yarimhimoya doim kuçli bölgani uçun bu kamçilik bilinmay kelgan.

Ispaniyadek kuçli jamoaga birgina öyin bilan baho beriş adolatdan emas. Ular 2010 yil ham JÇni mağlubiyat bilan boşlagan. Yamal yaxşiroq formaga kirsa, Ferran töpurar bölib ketsa ham, ajablanmang.

Guruhdagi ikkinçi töqnaşvda Saudiya Arabistoni Urugvay bilan öyinda ğalabani saqlab qola olmadi, lekin osiyoliklarning mağlubiyatsiz seriyasini davom ettirdi. Şu kuni «G» guruhidagi ikki öyinda ham durang natija qayd etildi. Belgiya va Misr, töğrisi, örtaça öyin körsatdi. Belgiya oltin avlodining qolgan a’zolari oldingi kabi yorqin öyin körsata olmadi, Misrda ham asosiy yulduz Saloh öz darajasida emas. Öyinni körgaç, bu jamoalar musobaqada uzoqqa borişiga şaxsan men işonmadim.

Qaytanga guruhning ikkinçi öyini qiziq keçdi. Katta qiyinçilik bilan Amerikaga yetib borgan Eron Yangi Zelandiya bilan durang öynadi. Zelandiyadan Jast degan yigit ikkita gol urdi. Har ikki golda APL yulduzi Kris Vud assistent böldi. Eronda özbekistonlik muxlislarga yaxşi taniş «Istiqlol» himoyaçisi Ramin Rizoyan qahramon böldi. U avval özi gol urdi, keyin Mohibining çiroyli goliga pas berdi va öyinning eng yaxşi futbolçisi deb topildi.

Bu öyinda Eronning ğalabasini kutgandim, çunki forslar Yangi Zelandiyadan ança baland darajada. Lekin uruş sabab futbolçilar öyin amaliyotisiz qolgani, murakkab tayyorgarlik jarayoni, Amerikadagi bosimlar, ruhiy muammo sabab eronliklar öz uslublarida agressiv öyin körsata olişmadi. Şuningdek, Eronda ham biz kabi çempionatdan keyin avlodlar almaşinuvi boşlanib ketsa kerak. Öyin tempi avvalgidek emasligiga futbolçilar yoş emasligi ham ta’sir körsatadi.

Öyin tugaşi bilan taşkilotçilar eronlik futbolçilardan Amerikadan çiqib ketişni talab qilgan. Murabbiyning aytişiça, futbolçilarga heç bölmasa mehmonxonada uxlab olişga ham imkon berişmagan. Öyin tugaşi bilan darhol samolyotga çiqib ketiş futbolçilar tiklaniş jarayoniga salbiy ta’sir körsatişini biliş uçun fizioterapevt böliş şart emas. Maydonda terlab-pişib yugurgan odam uçun eng kerak narsa yuvinib, ovqatlaniş va yaxşigina uxlaş. Busiz inson tanasi uç kunda tiklanişi juda qiyin. Qit’adoşlarimiz Amerikadagi mundialni ana şunday bosimlar bilan ötkazişga majbur.

Mbappe va Holandda dubl, Messi esa...

Keça tunda va bugun tongda ötkazilgan öyinlar juda yorqin ötdi, birorta durang bölmadi, Osiyo jamolarining mağlubiyatsiz seriyasi buzildi. Fransiya Senegalni işonçli tarzda yengdi – 3:1. Bu öyin, afsuski, 2002 yildagi afsonaviy uçraşuv kabi esda qolarli bölmadi. Faranglar birinçi bölimda qiynaldi, lekin Deşam tanaffusdan keyin şogirdlariga ular oxirgi ikki mundial finalçisi ekanini eslatib qöygan körinadi. Avvaliga haddan taşqari köp yulduzlar sabab jamoada tuşunmovçilik bordek köringandi, lekin doim yulduzli tarkibga ega bölgan Fransiya öyinni iziga tuşirib oldi.

Senegalning himoyasini 66-daqiqada Olise zargarona uzatmasi bilan yorib ötdi. Uning himoyaçilar orasidan turib bergan uzatmasini Kilian Mbappe birtepar usulida olis burçakka joylab qöydi. Keyinroq Rabioning Oliseça uzatmasini Barkolya golga aylantirdi. Bu vaziyatlardan oldin Mane jarima maydonçasi içida Mbappeni qöpollik bilan töxtatib qolgandi. Lekin özbekistonliklar yaxşi taniydigan Alirizo Fiğoniy negadir yaqqol fol bölgan holat uçun penalti bermadi.

Hakam tomonidan qöşib berilgan 90+4-daqiqada Senegal bitta gol urib, intrigani kuçaytirdi, lekin oxirgi soniyalarda Mbappe öz uslubida juda kuçli zarbasi bilan öyinga yakuniy nuqtani qöydi – 3:1. Killianning bu goli uning kumiri Ronalduning YeÇLda «Portu»ga urgan golini yodga soldi.

Öyinning eng yaxşi futbolçisi deb Mayl Olise topildi, lekin bu öyinda Mbappe hamon dunyoning eng kuçli futbolçisi ekanini isbotladi. Töğrisi, dunyo futbolida hozir unga teng keladigan futbolçi bor deb öylamayman. Bunaqa texnika, bunaqa tezlik, bunaqa zarba, bunday joy tanlaş... Biroz injiqligini hisobga olmasa, Mbappeda heç qanday kamçilik, nuqson yöq. Haqiqiy jahon darajasidagi daho futbolçi.

Kunning ikki öyinida Osiyo jamoalari mağlub böldi. Şu kungaça qit’adoşlarimiz mağlubiyatsiz kelayotgandi. Iroq Norvegiya bilan kuraşib kördi, biroq Holand öz darajasini isbotlab ikkita gol urdi va bitta assist berib, öyin taqdirini hal qildi. Bunaqa gol maşinasi bor jamoa oxirida çempion bölib ketsa ham, ajablanmang. Kunning oxirgi öyinida Marko Arnautoviç boşçilik Avstriya Iordaniyani yengib, pley-off tomon katta qadam taşladi.

Kunning eng jöşqin öyini haqida esa boya gaplaşgandik. Argentina Messining benifisiga aylangan öyinda Jazoirga imkon qoldirmadi. Bu öyinda hamma Messining gollariga e’tibor qaratmoqda, vaholanki, Argentinaning boşqa çiziqlari ham raqibga imkon qoldirmadi. Köpçilik favorit sifatida Yevropa jamoalarini tilga olyapti, lekin amaldagi çempion Argentina ğoliblikni himoya qilsa ham, ajablanmang.

Özbekiston boşlamoqda

Bugungi «match day» biz uçun hayajonli böladi. Guruh bosqiçining birinçi turi aynan bizning Kolumbiyaga qarşi öyinimiz bilan yakunlanadi. Öyin Toşkent vaqti bilan 07:00 da boşlanadi va ertaga Özbekistondagi barça taşkilotlarda iş vaqti soat 10:00 dan deb belgilandi. Davlat odamlar futbolni bemalol körib olsin deb şunday şaroit yaratib berdi.

Kunning markaziy öyini Angliya va Xorvatiya örtasida keçadi. Lekin bu öyinni körişni, töğrisi, tavsiya qilmayman, yaxşisi Özbekistonning öyinigaça uxlab oling. Men esa döstim Harri Keyn uçun bahsni albatta tomoşa qilaman.

Bugun 22:00 da musobaqa favoritlaridan yana biri, guruhdoşimiz Portugaliya Kongoga qarşi öynaydi. Boya aytganimizdek, Kongo posboniga oson bölmaydi. Biz uçun bu öyinda nima bölişi esa ikkinçi darajali. Eng asosiysi tarixiy öyinda Özbekiston milliy jamoasiga kuç-quvvat tilaymiz. Eldor boşçilik yigitlarimiz butun millatimiz uçun maydonda munosib kuraşişlariga işonaman. Olğa, yigitlar, butun millat siz bilan. Natija qanday bölişidan qati nazar siz biz uçun eng yaxşisiz. JÇga çiqiş, unda birinçi öyin hayajonini his qilişning özi takrorlanmas katta natija. Futbolçilarimizni duo qiling, ilohim yuzlari yoruğ bölsin.