Özbekistonda yer uçastkasidan hujjatsiz foydalangan şaxslardan 2020 yil 1 yanvardan 2024 yil 1 iyungaça undirilgan uç karra yer soliği bekor qilindi. Yangi qonunga köra, ortiqça soliq summalari qayta hisob-kitob qilinib, fuqarolarga qaytariladi. Xöş, bu jarayon qanday keçadi? Fuqarolar nima qilişi kerak? Kun.uz şu kabi savollarga Soliq qömitasi boşqarma boşliği örinbosari Salohiddin Nişonovdan javob oldi.

Uç karra soliq: joriy etilişi va bekor qilinişi sabablari

– Jismoniy şaxslarga yer uçastkalaridan hujjatsiz foydalanganligi uçun hisoblangan uç karra yer soliği nega bekor qilindi?

– Birinçi navbatda, bu aholiga yengillik yaratiş maqsadida qilindi. Bugungi kunda 6 million 800 ta yer uçastkasining qariyb 60-70 foizining hujjati yöq. Köplab holatlarda yer maydonlari özboşimça egallab olinmagan, balki asrlar davomida meros bölib ötgan. Asosan, fuqarolarga yengillik yaratiş maqsadida uşbu qonun qabul qilindi.

– Unda nima uçun bu uç karra soliq normasi dastlab qonunçilikka kiritilgan edi?

– Bu norma fuqarolar özboşimçalik bilan yer egallab olmasligi uçun va uşbu yer maydonlarini rasmiylaştirişga undaş maqsadida ta’sir çorasi sifatida qöllanilgan. Bu norma 2020 yil 1 yanvardan kuçga kirgan yangi Soliq kodeksida mavjud edi.

– Nega aynan 2020 yil 1 yanvardan 2024 yil 1 iyungaça bölgan davr uçun soliq bekor qilinyapti?

– Prezidentning 192-sonli qarorida aynan şu davr belgilangan edi. 2024 yil 5 avgustda qabul qilingan 937-sonli qonun bilan hujjatsiz yer uçastkalarini e’tirof etiş tartibi belgilandi. Şu sababli, faqatgina 2024 yil 1 iyungaça qadar uç karra soliqni keçiş masalasi körib çiqildi.

– Demak, 2024 yil 1 iyundan keyingi davr uçun uç karra soliq undirişda davom etiladimi?

– Ha, davom etiladi. Yangi qonun faqatgina 2020 yil 1 yanvardan 2024 yil 1 iyungaça bölgan munosabatlarga tatbiq etiladi. Hozirgi amalda işlab turgan tartib işlayveradi. 2025 va 2026 yillarda hisoblangan uç karra soliqlar bekor qilinmaydi va kimdir yer uçastkasidan hujjatsiz foydalansa, uç karra yer soliğini tölaydi.

Ortiqça tölangan soliqlarni qaytariş tartibi