Hujjatni «Özeltexsanoat» boşqaruv kengaşi raisi Mirziyod Yunusov va Ozon MDH mamlakatlari böyiça rahbari Natalya Boyer imzoladi. Hamkorlikdan közlangan asosiy maqsad — Özbekistonlik elekronika va maişiy texnika işlab çiqaruvçilariga öz mahsulotlarini Ozon platformasi orqali Özbekiston va Rossiya bozorlariga yanada samaraliroq sotişda kömaklaşişdan iborat. Tomonlar qöşma ta’lim dasturlarini rivojlantiriş, biznes faoliyatini kengaytirişga qaratilgan tadbirlar ötkaziş va loyihalarni amalga oşirişni rejalaştirmoqda. Işlab çiqaruvçilar platformadagi faoliyatini boşlaşda bepul öqitiş va hamkorlikdagi reklama kampaniyalaridan tortib, har bir sotuvçiga alohida Ozon akkaunt menejeri biriktirilişigaça — töliq qöllab-quvvatlaşga ega böladi.
Hamkorlikning muhim amaliy natijasi sifatida Özbekiston işlab çiqaruvçilarining mahsulotlarini taqdim etişi uçun marketpleysdagi maxsus «Özbekistonda işlab çiqarilgan» bölimining yölga qöyilişi kutilmoqda. Öz navbatida, bu mahsulotlarni körişlar sonini köpaytiriş, xaridorlar işonçini oşiriş hamda marketpleysdagi millionlab takliflar orasidan mahalliy işlab çiqarilgan mahsulotlarni ajratib körsatiş imkonini beradi.
«Özbekiston bozori kuçli işlab çiqariş potensialiga ega. Biz, mahalliy elektronika va maişiy texnika işlab çiqaruvçilari nafaqat Özbekistonda, balki Rossiyada ham talabga ega sifatli mahsulotlarini taklif qilişga tayyorligini körib turibmiz. «Özeltexsanoat» uyuşmasi bilan memorandum imzolanişi mahalliy biznesni tizimli qöllab-quvvatlaşga qaratilgan yangi bosqiçni boşlab bermoqda», — deydi Ozon MDH rahbari Natalya Boyer.
«Ozon bilan hamkorlik özbekistonlik işlab çiqaruvçilarga Özbekiston va Rossiyadagi xaridorlarga töğridan töğri çiqiş imkoniyatini yaratadi. Tadbirkorlar bepul ta’lim, marketing böyiça kömak hamda şaxsiy akkaunt-menejer xizmatiga ega böladi. Şuningdek, «Özbekistonda işlab çiqarilgan» bölimi mahalliy brendlarimizning tanilişiga xizmat qilib, eksport salohiyatini yanada oşiradi. Elektrotexnika sanoati uçun bu xalqaro elektron tijorat maydonida öz örnini mustahkam egallaş va raqobatbardoş mahsulotlarini dunyo bozoriga dadil olib çiqiş yölidagi muhim qadamdir», — dedi «Özeltexsanoat» uyuşmasi boşqaruvi raisi Mirziyod Mirahmadoviç Yunusov.
Ozon Özbekiston bozoriga 2023 yilda kirib kelgan. 2025 yilda Ozon Özbekiston mablağlar aylanmasi ötgan yilga nisbatan deyarli 4 barobar ösgan, şu davr içida faol foydalanuvçilar soni esa yaqin 3,5 barobar oşdi. Kompaniyaning Özbekistondagi logistika imkoniyatlari öz içiga Toşkentdagi saralaş markazini oladi. Bundan taşqari, kompaniya buyurtmalarni topşiriş punktlarini faol rivojlantirmoqda.
—
Ozon — rivojlangan logistika tarmoğiga ega bölgan köp toifali marketpleys. Kompaniya Qozoğiston, Armaniston, Belarus, Rossiya, Qirğiziston, Özbekiston, Ozarboyjon, Gruziya, Turkmaniston, şuningdek, Xitoy va Turkiyada faoliyatini amalga oşiradi. Savdo platformasida kitoblar va kiyim-keçakdan tortib oziq-ovqat va salomatlik mahsulotlarigaça bölgan 20 dan ortiq toifadagi 400 milliondan ortiq mahsulot nomlari taqdim etilgan. 67,3 million faol xaridor allaqaçon Ozon’ning rivojlangan logistika infratuzilmasi yordamida buyurtmalarni qabul qilmoqda, bu esa 750 mingdan ortiq tadbirkorlarga Rossiya va MDH mamlakatlarida öz mahsulotlarini sotiş imkonini beradi.








