Özbekistonda Ozon uçun yangi bosqiç: Ozon MDH rahbari yangi fulfilment markazi, eksport va viloyatlarda sotuvçilar sonining ortişi haqida
|18:00 / 30.09.20263 73711 min
Reklama
Sönggi yillarda Özbekistonda elektron savdolar iqtisodiyotning rivojlanayotgan segmentidan isteʼmol bozorining sezilarli qismiga ötdi. Xususan, e-commerce hajmi 2020-yildagi 1 trln sömdan 2025-yilda 22,6 trln sömga oşdi.
Foto: OzonFoto: Ozon
Mahalliy biznes uçun marketpleysning roli qanday özgarayotgani hamda platforma rivojining navbatdagi bosqiçi nafaqat savdo hajmlarining, balki infratuzilmaning ham rivojlanişi bilan boğliqligi haqida Ozon MDH rahbari Natalya Boyer sözlab beradi.
Bir neça yil içida Özbekistonda elektron tijorat bozori qanday özgardi?
Özgarişlar kölamini raqamlarga qarab baholaş osonroq. Rasmiy maʼlumotlarga köra, hozirda sektorning yillik ösişi örtaça 30–50 foizni taşkil etadi. Şu bilan birga, elektron tijoratning umumiy çakana savdo hajmidagi uluşi beş yil içida 0,5 foizdan 4,6 foizgaça oşdi. Biroq bozor salohiyati hali töliq işga solingan emas: davlat rejalariga köra, mamlakatdagi e-commerce hajmini 2030-yilgaça 22,6 trln sömdan 30 trln sömgaça yetkaziş közda tutilgan.
Elektron tijoratning faol rivojlanayotganini xaridorlarning özi ham tasdiqlaydi: Ozon tomonidan 2025-yilda ötkazilgan sörovnoma natijalariga köra, özbekistonliklarning qariyb 40 foizi, ayniqsa yoşlar orasida, allaqaçon onlayn va oflayn xaridlarni uyğunlikda amalga oşirmoqdalar. 17 foiz xaridorlar esa maqsadli ravişda xaridlar uçun asosan marketpleyslarni tanlaydi.
Biz 2025-yilda Ozonʼning Özbekistondagi aylanmasi 2024-yilga nisbatan qariyb tört baravar oşganini, faol xaridorlar soni esa deyarli 3,5 baravarga köpayganini körib turibmiz.
Maʼlumotlar şuni körsatadiki, tobora köproq odamlar xaridlarni yangi formatda amalga oşirmoqda, onlayn kanallar esa biznesni kengaytiriş uçun asosiy usullardan biriga aylanmoqda. Öz navbatida, aynan marketpleys tadbirkorlarga öz biznes faoliyatlarining geografiyasini tezda kengaytiriş va yangi bozorda öz örnini egallaş imkonini beradi.
Özbekistonda kiçik va örta biznes qanday natijalarga erişmoqda?
Kiçik va örta biznes uçun elektron tijoratni rivojlantiriş, avvalo, butun infratuzilmani darhol mustaqil ravişda yaratmasdan, yangi savdo kanaliga çiqiş imkoniyatidir. Tadbirkor öz internet-dökoni yoki savdo nuqtalari tarmoğini yaratişdan boşlaşi şart emas. U mahsulotini tayyor platformaga joylaştirib, xaridorlarning unga munosabatini sinab körişi mumkin. Agar mahsulotga talab yuqori bölsa, assortiment va hajmni oşiriş mumkin, bunda biznes modelining özini özgartirişga hojat qolmaydi.
Internetda ilgari heç qaçon işlamagan odam ham Ozonʼda savdo qilişni boşlaşi mumkin. Buning uçun uçta qadam kifoya: sotuvçi kabinetini yaratiş, mahsulot suratlari va tavsifini yuklaş, iş modelini tanlaş. Samarali savdo könikmalarini esa Ozon bilimlar bazasi, tahliliy maʼlumotlar va boşqa vositalar yordamida özlaştiriş mumkin.
Mavzuga oid
Ozonʼning Özbekistondagi asosiy maqsadlaridan biri - bu köproq tadbirkorlarga elektron tijoratga ilk qadamni qöyişga, keyin esa mazkur muvaffaqiyatli tajribani kengaytirişga yordam beriş. 2026-yilning birinçi yarmida platformadagi özbekistonlik sotuvçilar soni yildan yilga 58 foizga oşdi. Bu şunçaki quruq raqamlar emas - har birining ortida platformani sinab körgan va unda faoliyat yuritiş uçun qolgan tadbirkor turibdi. Şu bilan birga, ularning Ozonʼda sotayotgan tovarlari aylanmasi 53 foizga, sotilgan tovarlar soni esa 167 foizga oşdi. Oddiy qilib aytganda: sotuvçilar soni köpaydi va ularning har biri örtaça hisobda bir yil avvalgidan köproq tovar sotmoqda. Asosiy natija ham şunda - şunçaki onlayn tijoratni boşlaş emas, balki daromadni oşiriş.
Foto: Ozon
Ozon qanday qilib Özbekistonning turli viloyatlaridagi tadbirkorlarga mamlakat içida savdoni rivojlantirişda yordam beradi?
Biz Özbekistonni kuçli işlab çiqariş va tadbirkorlik salohiyatiga ega bozor sifatida köramiz. Şu sababli biz uçun bu yerda alohida xizmatlarni emas, balki biznesga mamlakatning turli hududlarida ösişga yordam beradigan tölaqonli raqamli platformani rivojlantiriş muhim.
Sotuvçi tuşunişi kerak bölgan asosiy jihat: Toşkentga köçib ötiş yoki şahar markazida dökon oçiş şart emas. Siz özingiz yaşab turgan qişloq, tuman yoki şahardan turib Ozon.uz orqali savdo qilişingiz mumkin - asosiysi, odamlarga kerak bölgan mahsulot bölsa bas. Hozirda platformamizda Özbekistonning 12 viloyatidan sotuvçilar faoliyat yuritmoqda va ularning orasida nafaqat yirik şaharlar, balki kiçik manzillar ham yetarli.
Platformada savdoni boşlaş uçun yirik şaharda bölişingiz şart emas - asosiysi xaridorlarga kerak tovar va öz biznesingizni rivojlantiriş istagi. Qolgan masalalarda marketpleys yordam beradi: uzluksiz texnik qöllab-quvvatlaş, reklama va tarğibot vositalari hamda şaxsiy kabinetdagi tahliliy maʼlumotlarni taqdim etadi. Agar biror narsa tuşunarsiz bölsa - istalgan vaqtda qöllab-quvvatlaş xizmatiga yozib, yordam olişingiz mumkin.
Nima uçun Ozonʼning Özbekistondagi rivojlanişida öz fulfillment markazining işga tuşirilişi - bu muhim bosqiç?
Fulfillment markaz - sotuvçilarning mahsulotlari saqlanadigan katta ombor. Avval sotuvçi binoni özi izlaşi, tartibni nazorat qilişi, buyurtmalarni qadoqlaşi va jönatişi kerak edi. Endi bularning barçasini Ozonʼga topşiriş mumkin.
Nima uçun bu sotuvçi ham, xaridor uçun ham muhim? Çunki yetkazib beriş tezlaşadi. Jönatma qançalik tez yetib borsa, xaridorning sizdan yana xarid qiliş ehtimoli şunçalik yuqori böladi.
Platformamizdagi işlaş modellari örtasidagi farq nimada? FBO (Fulfillment-by-Ozon) modelida mahsulot allaqaçon Ozon omborida saqlanadi.
Aytgança, bizda savdo uçun komissiya 3 foizdan boşlanadi, omborimizdagi fulfillment xizmati esa kelasi yilning 1-sentabriga qadar bepul.
FBC (Fulfillment-by-Celler) modelida mahsulot sotuvçida saqlanadi: xaridor buyurtma beradi - sotuvçi uni yiğadi, qadoqlaydi, Ozon qabul qiliş punktiga olib boradi va şundan keyingina Ozon yetkazib berişni boşlaydi. Sotuvçining omboridan Ozonʼgaça bölgan uşbu qöşimça bosqiç vaqt jihatidan farqni yuzaga keltiradi. FBÖda esa bunday bosqiç yöq: Ozon mahsulotni töğridan-töğri öz omboridan jönatadi.
Biroq bu modellardan biri ikkinçisidan yaxşiroq degani emas. Masalan, saqlaş jarayonini özingiz nazorat qilmoqçi bölsangiz - mahsulot qimmatbaho yoki oson şikastlanadigan bölsa - siz uçun FBC qulayroq. Asosiysi, modellarni birlaştiriş mumkin. Tez sotiladigan mahsulotlar uçun FBO modelini tanlansa, yetkazib beriş tezroq böladi. Yangi çiqqan yoki qimmatbaho mahsulotlarni esa FBC modelida qoldirib, xavfni kamaytiriş mumkin. Qaysi model aynan sizning biznesingiz uçun qulayligini özingiz hal qila olasiz.
Toşkentdagi yangi fulfilment markazimiz 7 000 kv mdan ortiq maydonni egallaydi, 500 mingdan ortiq mahsulotni siğdira oladi va boşlanişida sutkasiga 10 mingtagaça buyurtmani qayta işlaş imkoniyatiga ega. Sotuvçi uçun bu, avvalo, öz ombor infratuzilmasini izlaş zaruratidan xalos böliş, xaridor uçun esa buyurtmalarni maksimal tez qabul qilib oliş degani.
Ozonʼning Toşkentdagi yangi ombori fotosurati
Siz modellarni birlaştiriş mumkinligini aytib ötdingiz. Umuman olganda, sotuvçilar uçun nimalar özgardi? Aytişlariça, mahalliy biznes uçun butun iqtisodiy model - şartnoma, hisob-kitoblar, tölovlar - sezilarli darajada soddalaştirilgan. Aynan nimalar özgardi?
Ha, ehtimol, bu sönggi vaqtdagi eng muhim özgarişlar töplami bölsa kerak. Biz özbekistonlik sotuvçilar uçun mahalliy oferta şartlarini işga tuşirdik. Endi mamlakatdagi tadbirkorlari şartnomani Rossiyadagi yuridik şaxs bilan emas, balki kompaniyaning Özbekistondagi yuridik şaxsi bilan tuzişlari mumkin. Amalda bu nimani özgartiradi? Sotuvçilar uçun barça tariflar 2 barobar kamaytirildi. Barça hisob-kitoblar sömda amalga oşiriladi. Sotuvçi narxlar, balans va tahlillarni - barçasini milliy valyutada köra oladi.
Eng muhimi - pul masalasi. Işlab topilgan mablağlarni Özbekistondagi istalgan bankdagi hisoblariga çiqariş mumkin. Tovar sotilgandan söng har uç kunda sömda tölov amalga oşiriladi - mablağlarni yeçib oliş uçun qöşimça haq olinmaydi. Muntazam savdo amalga oşirilganda esa tölovlar dam oliş va bayram kunlaridan taşqari har kuni amalga oşiriladi.
Biz bularni marketpleysda işlaş mahalliy biznes uçun yanada foydali va tuşunarli bölişi uçun amalga oşirdik. Yaʼni özbekistonlik sotuvçi uni «begona» xizmat emas, balki uning qoidalari asosida işlaydigan platforma kabi his qilişi uçun.
Özbekistondagi biznes taşqi bozorda qanday imkoniyatlarga ega?
Biz eksportni Özbekistonda öz mahsulotiga talabga ega, endigi navbatda biznesini kengaytirmoqçi bölgan tadbirkorlar uçun qöşimça imkoniyat sifatida köramiz. Nazarimizda respublikada Ozonʼni rivojlantiriş, avvalo, içki bozorni rivojlantiriş bilan boğliq bölsa-da, şu bilan birga, mahalliy tadbirkorlarga Rossiyadagi xaridorlar bilan işlaş imkoniyatini ham taqdim etamiz.
Özbekiston mahsulotlari bu yönalişda rivojlaniş uçun yaxşi asosga ega. Rossiyalik xaridorlarni mamlakatda işlab çiqariladigan töqimaçilik mahsulotlari, uy-rözğor buyumlari, ziravorlar, idiş-tovoqlar va boşqa toifadagi mahsulotlar qiziqtiradi. Biz xorijdagi xaridor Özbekistonda işlab çiqarilgan mahsulotlarni oson topa olişini istaymiz, şu sababli yaqin vaqt içida «Özbekistonda işlab çiqarilgan» bölimini işga tuşirişni rejalaştirmoqdamiz.
Tadbirkor uçun xorijda, xususan Rossiyada savdo qiliş imkoniyati - u yerda butun savdo infratuzilmasini mustaqil ravişda yaratmasdan turib, millionlab xaridorlar auditoriyasiga çiqişni anglatadi. Bugungi kunda Ozonʼda 69,2 mln faol xaridor bor - bu bir yil avvalgidan 14 foizga köproq. Faqat 2026-yilning birinçi yarmida platformadagi buyurtmalar soni yildan yilga 78 foizga oşdi.
Jönatmalarni saralaş / transçegaraviy jönatmalar bilan işlaş jarayoni fotosurati
Şu bilan birga, taʼlim va hamkorlik loyihalari ham rivojlanmoqda. Masalan, 2026-yil iyun oyida biz «Özeltexsanoat» elektrotexnika sanoati korxonalari uyuşmasi bilan hamkorlik töğrisidagi memorandumni imzoladik. Uning maqsadi - özbekistonlik elektrotexnika va maişiy texnika işlab çiqaruvçilariga mahsulotlarini Özbekiston va Rossiyada yanada samarali sotişga yordam beriş.
Natijada marketpleys tadbirkorlar uçun şunçaki mahsulot joylaştiriladigan platforma emas, balki bosqiçma-bosqiç kengayiş vositasiga aylanib boradi: avval mamlakat içida, keyin esa eksport bozorida.
Marketpleys jamoasi mamlakatda elektron tijoratning kelajagini qanday tasavvur qiladi?
Biz Özbekistonda elektron tijorat bundan keyin ham ösadi, onlayn xaridlar esa odamlar uçun bozorga boriş kabi odatiy holga aylanadi, deb hisoblaymiz. Marketpleyslar bu jarayonda şunçaki platforma emas, balki rivojlaniş drayverlari: ular ösiş tezligini belgilaydi va infratuzilmani yaratadi.
Ozon Özbekiston Respublikasida allaqaçon - 2023-yilda savdolarni işga tuşirişdan tortib, öz logistika infratuzilmasini yaratiş va özbekistonlik sotuvçilar uçun jarayonlarni töliq mahalliylaştirişgaça bölgan - ulkan yölni bosib ötdi
Biz hammasi oson böladi, deb aytmaymiz. Onlayn savdo köpçilik uçun yangi yönaliş. Örganiş, sinab köriş va xato qiliş kerak böladi. Ammo biz sotuvçi bu yölni yolğiz bosib ötişini istamaymiz. Biz har bir bosqiçda uning yonida bölişni xohlaymiz. Bizning vazifamiz ham şundan iborat.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi