Jahon çempionatida uçinçi tur avjida – 25 va 26 iyun kunlari E, F va D guruhlarida sönggi uçraşuvlar ötkazildi. Kyurasao Kot-d'Ivuarga yutqazdi (0:2) va turnirni tark etdi, Germaniya sensatsion ravişda Ekvadorga yutqazib qöydi (1:2), Niderlandiya Tunisni osonlik bilan mağlub etdi (3:1), Turkiya esa natijasi ahamiyatsiz öyinda mezbon AQŞdan ustun keldi (3:2), Yaponiya esa Şvetsiya bilan (1:1), Paragvay Avstraliya bilan öyinda (0:0) özlariga kerak bölgan natijalarni qayd etişdi.

Dik Advokat JÇ bilan xayrlaşdi

Kyurasao – Kot-d`Ivuar 0:2
Gollar: Pepe, 7 (0:1). Pepe, 64 (0:2)
Kyurasao: Rom, Gari (Noslin, 77), Obispo, Fonvill (Kastaner, 77), Floranus, Brenet (Sambo, 90), Komenensiya (Antonisse, 61), L. Bakuna, J. Bakuna, Çong, Lokadia (Kuvas, 90)
Kot-d`Ivuar: Fofana, U. Diomande, Kossunu, Operi, Due, Kesse (Seri, 77), Sangare, Pepe (Vai, 67), Ya. Diomande (Diakite, 67), Diallo (Oulai, 46), Bonni (Ture, 67)
Ogohlantirişlar: J. Bakuna, 75. Kastaner, 83 – Pepe, 34

Oqşom yorqin syujyet bilan boşlandi – Kyurasao tarix yaratiş uçun maydonga tuşdi. Ikkinçi turdan keyin Dik Advokat jamoasi şunday holatda ediki, Kot-d'Ivuar bilan öyindagi ğalaba orolliklar ikkinçi örin bilan töğridan töğri pley-offga çiqişini ta’minlardi. Ikki hafta oldin köpçilik nomini ham eşitmagan debyutant va JÇ tarixidagi eng kiçik jamoa uçun bu aql bovar qilmas ssenariy bölgan bölardi.

78 yoşli niderlandiyalik mutaxassis öyindan oldin yaxşi natijadan umid qilayotganini yaşirmadi.

«Öyin qiyin böladi. Bizda uçinçi öyin ham özimizdan kuçli jamoaga qarşi böladi, ammo Kyurasao uçun ham bunday raqiblarga qarşi öyinlar kerak. Ekvador bilan öyinda nimaga qodirligimizni körsatdik. Nafaqat himoyalanamiz, balki hujum uçun töğri paytlarni ham topa olamiz», – dedi Advokat.

Lekin möjiza röy bermadi. Ivuarliklar 7-daqiqadayoq orolliklar jamoasi himoyasidagi qöpol xatodan foydalanib, hisobni oçişdi, ikkinçi bölim örtalarida esa «Vilyarreal» hujumçisi Nikolya Pepe dublni rasmiylaştirdi.

KONKAKAF vakillari öyin oxirini töliq hujumda ötkazdi. Ammo bitta ham javob qaytara olişmadi va Ye guruhida sönggi örinni egallagan holda turnirni tark etişdi.

Ekvadordan superkambek

Ekvador – Germaniya 2:1
Gollar: Sane, 2 (0:1). Angulo, 9 (1:1). Plata, 77 (2:1)
Ekvador: Galindes, Ordones, Paço, Inkapiye (Estupinyan, 71), Franko (Presiado, 64), Vite, Moy. Kaysedo, Angulo (Torres, 85), Yyeboa (X. Kaysedo, 85), Valensiya (Rodriges, 64), Plata
Germaniya: Noyyer, Ryudiger, Ta, Raum, Kimmih (Tiau, 60), Pavloviç (Ştiller, 46), Nmeça (Bayyer, 64), Musiala, Virs (Gros, 73), Sane, Havers (Undav, 60)
Ogohlantirişlar: Inkapiye, 43. Franko, 50. Plata, 89 – Pavloviç, 44

Bir tomondan, bu öyinda sensatsiya röy berişini taxmin qiliş mumkin edi. Ötgan turda Kyurasao bilan öyinda oçko yöqotgan (0:0) ekvadorliklardan sönggi turda raqib kim bölişidan qat’i nazar uç oçko uçun öynaş talab etilardi, raqib esa allaqaçon guruh ğolibligi masalasini hal qilib, pley-offga tayyorgarlik körayotgan jamoa edi. Boşqa tomondan, öyinning ikkinçi daqiqasidayoq Leroy Sane hisobni oçdi va Janubiy Amerika vakillariga qattiq zarba berdi.

Ammo ekvadorliklar taslim bölişmadi va tezda hisobni tezlaştirişdi. Ikkinçi bölimda esa öyin boş hakami Tori Penso videoassistentlar yordamida janubiy amerikaliklar darvozasiga qöyilgan penaltini bekor qildi.

Öyin oxirlarida esa fantastika röy berdi: Ekvador hujumçisi Gonsalo Plata burçak zarbasi ijro etilişi vaqtida nemislar jarima maydonida yuzaga kelgan talatöpdan foydalanib, ğalaba golini urdi (2:1). Bu epizodda özining sönggi xalqaro turnirini ötkazayotgan Maneul Noyyer töpga çiqişda xatoga yöl qöydi, Sebastyan Bekkasese şogirdlari esa iroda körsatib, uçinçi örin bilan pley-offga yöl oldi.

Niderlandiyaning işonçli ğalabasi

Tunis – Niderlandiya 1:3
Gollar: Şiri, 3 – avtogol (0:1). Brobbi, 7 (0:2). Masturi, 54 (1:2). van Hekke, 62 (1:3)
Tunis: Damen, Talbi, Şiri, Ben Amida (Aşuri, 68), Abdi, Valeri, Garbi (Şauat, 75), Xedira (Mahmud, 67), Mejbri, Slimane (Ben Uanes, 68), Masturi (Tunekti, 90)
Niderlandiya: Verbryuggen, van Deyk, van Hekke, Ake, Dyumfris, de Yong (Kopmeyners, 72), Reynders (Klyuyvert, 72), Gravenberh, Gakpo (Lang, 84), Malen (Sammervill, 72), Brobbi (Depay, 78)

Tunis birinçi turdan keyinoq boş murabbiyi Sabri Lyamuşini iste’foga çiqarib, jahon çempionati tarixiga kirgandi. Afrikaliklar jamoasi ötkazilgan gollar soni böyiça yana bir antirekord örnatişga qarab ketayotgandi, çunki jamoa yettinçi daqiqaga kelib ikki gol ötkazib yubordi.

Avvaliga Tunis yarimhimoyaçisi Ele Şiri Denzel Dumfrisning qanotdan uzatmasidan keyin öz jamoasi darvozasini işğol etib qöydi. Keyin niderlandlar forvardi Brayan Brobbi jarima zarbasini ajoyib ijro etdi va turnirdagi uçinçi golini nişonladi.

Lekin öyin gollar şousiga aylanib ketmadi. Ikkinçi bölim boşida jamoalar bittadan gol almaşişdi – Hazim Masturi va Yan Pol van Hekke öz nomlarini tabloga yozdirib qöyişdi.

Ronald Kuman şogirdlari 3:1 hisobidagi ğalabani saqlab qolişdi va guruhda birinçi örinni egallaşdi. Uçta öyinda ham yutqazgan Tunis esa uyga qaytadi.

«Özaro manfaatli hamkorlik»

Yaponiya – Şvetsiya 1:1
Gollar: Maeda, 56 (1:0). Elanga, 62 (1:1)
Yaponiya: Sudzuki, Itakura (Taniguti, 39), X. Ito, Seko (Nagatomo, 75), Tanaka, Kamada, Nakamura (Vatanabe, 75), Sugavara, Doan (D. Ito, 67), Maeda, Ueda (Ogava, 66)
Şvetsiya: Videll Setterstrem, Hin (Bergvall, 37), Gudmundsson (Nyugren, 88), Lagerbilke, Lindelyof (Starfelt, 87), Ayyari, Stroud (Svensson, 75), Bernhardsson (Sema, 75), Isak, Elanga, Yokereş
Ogohlantirişlar: Taniguti, 77 – Hin, 32. Yokereş, 85

Bu uçraşuvda ikki jamoani ham durang qoniqtirardi. Bunday holatda ikki jamoada ham oçkolar soni 4 tadan bölar, yaponlar ikkinçi örinni egallar, şvedlar esa töplar nisbatiga köra uçinçi örinda qolar, ammo uçinçi örin vakillari orasida kuçli sakkizlikka kirardi.

Amalda ham jamoalar hisobga qarab öynaşdi va birinçi bölimda deyarli golli vaziyatlar yuzaga kelmadi. Ikkinçi bölim esa biroz qiziqarliroq keçdi: avvaliga Ritsu Doan jarima maydoniga yaqinlaşib borgan Daydzen Maedani ajoyib pas bilan ta’minladi, u esa öz imkoniyatini qöldan boy bermadi. Lekin köp ötmay şvetsiyaliklar Entoni Elanganing burçakka yönaltirilgan kuçli zarbasi bilan muvozanatni tiklaşdi (1:1).

Guruhda yakuniy vaziyat kutilganidek köriniş oldi. Yaponiya ikkinçi, Şvetsiya uçinçi örin bilan pley-offga çiqdi. Buni «özaro manfaatli hamkorlik» desa böladi.

Ikkinçi qulay durang

Paragvay – Avstraliya 0:0
Paragvay: Hil, Velaskes, Alderete (Kanale, 84), G. Gomes, Maydana (Maurisiu, 46), Kaseres, Kubas, Galarsa (Alonso, 90+2), D. Gomes (Bobadilya, 90+2), Ensiso, Avalos (Arse, 67)
Avstraliya: Biç, Suttar, Herrington, Çirkati, ÖNill, Irvayn (Okon-Engstler, 84), Behiç, Bos, Metkalf, Volpato (Xrustiç, 58), Irankunda (Yengi, 84)
Ogohlantirişlar: D. Gomes, 77 – Irvayn, 46

Bu ikki jamoani ham durang hisob qoniqtiradigan yana bir öyin edi. Bunday hisob nisbatan avstraliyaliklarga yaxşiroq edi, bu holda yaşil qit’a vakillari ikkinçi örindan tuşib ketmasdi. Paragvayliklarda esa ikki öyindan keyin töplar nisbati yomonroq edi (-2), ammo tört oçko bilan jamoa uçinçi örin egalari orasida kuçli sakkizlikdan örin olişi tayin edi.

Jamoalar öyin davomida uzoq masofalardan köplab zarbalar berişdi (19 uriniş), ammo deyarli yaqqol golli vaziyat kuzatilmadi. Yakunda golsiz durang saqlanib qoldi, lekin buning uçun heç kim bu jamoalarni ayblay olmaydi.

Turkiya kuçli öynadi, ammo endi keç

Turkiya – AQŞ 3:2
Gollar: Trasti, 3 (0:1). Arda Guler, 10 (1:1). Bariş Yilmaz, 31 (2:1). Berhalter, 49 (2:2). Xon Oyxon, 90+8 (3:2)
Turkiya: Ugurjan Çaqir, Özan Qoboq, Abdulkarim Bardakçi, Zeki Çelik (Çağlar Suyunçi, 84), Özjan, Örxun Kökçi (Xon Oyxon, 88), Eren Elmali, Öğuz Oydin (Mert Muldur, 90+1), Arda Guler, Kenan Yildiz (Uzun, 84), Bariş Yilmaz (Irfon Qahvaçi, 90+1)
AQŞ: Terner, Robinson, Makkenzi, Trasti, Skalli (Frimen, 77), Berhalter, Reyna (Dest, 76), Makkenni (Tillman, 86), Vea (Pulişiç, 58), Aaronson (Zendehas, 77), Pepi
Ogohlantirişlar: Berhalter, 19

Turklar 2002 yildan buyon ilk bor jahon çempionatiga taşrif buyurgan va ulardan köpçilik yaxşiroq natija kutayotgandi, ammo Vinçenso Montella şogirdlari ikkinçi turdan keyinoq guruhdan çiqa olmasligi ma’lum bölib ulgurgandi: uşbu jamoa ikki öyinda 62 bor zarba yölladi, ammo birorta gol urolmay, ikki öyinda ham yutqazdi. Natijada turklar sönggi öyinda faqat muxlislar uçun öynaşi kerak bölib qoldi.

Mezbonlarga qarşi öyin ham Turkiya uçun juda yomon boşlandi: amerikaliklar jamoasi himoyaçisi Oston Trasti uçinçi daqiqadayoq hisobni oçdi. Lekin köp ötmay Arda Guler turklarning turnirdagi ilk golini urdi. Bölim oxirida esa Burak Yilmaz jamoani oldinga olib çiqdi.

Ikkinçi bölim boşida Sebastian Berhalter hisobni tenglaştirdi. Şundan keyin öyin durangga qarab keta boşladi, ammo qöşimça daqiqalarda uyuştirilgan sönggi hujumni Xon Oyxon gol bilan yakunladi va turklarning turnirdagi ilk va oxirgi ğalabasini ta’minladi – 3:2.

Mourinio özinikilarga qarşi

«Real» boş murabbiyi Joze Mourinio jahon çempionatida öz futbolçilariga qarşi muxlislik qiladi. 63 yoşli mutaxassisda buning uçun tuşunarli sabab bor.

«JÇdan men nima kutyapmanmi? Töğrisini aytaman: Madrid futbolçilari yutqazsin va ta’tilga çiqişsin. Çunki men yigitlar mavsumoldi yiğiniga ertaroq kelişini istayman», – dedi u Beast Mode On podkastida.

Joze iyun oyi boşida «Real» boş murabbiyi etib tayinlandi va hozirça madridliklar klubining mundialga yöl olgan futbolçilari bilan hali körişmadi. Bunday futbolçilar jamoada kam emas: Kilian Mbappe va Orelen Tçuameni (Fransiya), Jud Bellinhem (Angliya), Vinisius Junior (Braziliya), Federiko Valverde (Urugvay), Antonio Ryudiger (Germaniya), Tibo Kurtua (Belgiya), Braim Dias (Marokaş), şuningdek, yozgi transferlar doirasida safga qöşib olingan Mark Kukurelya (Ispaniya), Bernardu Silva (Portugaliya), Ibraima Konate (Fransiya) va Denzel Dyumfris (Niderlandiya).

Darvoqe, Mourinioning istagi asta-sekinlik bilan röyobga çiqmoqda – Arda Guler Turkiya milliy jamoasi bilan allaqaçon turnirni tark etdi.

Turning asosiy öyini xavf ostida

Nafaqat uşbu turdagi, balki guruh bosqiçidagi eng yorqin afişa –  Norvegiya va Fransiya örtasidagi bahsdir. Erling Holand va Kilian Mbappe boşçiligidagi uşbu jamoalar allaqaçon pley-off masalasini hal qilişdi va endi I kvartetida birinçi örin uçun bahslaşadi. Ammo bu bellaşuv öz vaqtida ötkazilmasligi mumkin – meteorologlar 26 iyun kuni Foksboroda öta noqulay ob-havo kuzatilişini prognoz qilmoqda. Bunday holatda qat’iy protokol amal qiladi, unga köra, öyin noma’lum vaqtga köçiriladi.

Fransuzlar uçun bu turnirdagi ikkinçi şunday hodisaga aylanişi mumkin – ötgan turda Dide Deşam şogirdlarining Iroq bilan öyinida ikki soatdan ortiq vaqt davomida tanaffus yuzaga kelgandi. Lekin bu «Uçranglilar»ga 3:0 hisobida ğalaba qozonişga tösqinlik qilmagandi.

2026 yilgi jahon çempionatida bir neça bor bu kabi holatlar kuzatildi: turnirning ilk kunlarida Angliya milliy jamoasi bazasi joylaşgan hududda kuçli tornado röy bergan, kuçli çaqmoq çaqişi portugallar va ispanlar oçiq havodagi maşğulotlarni bekor qilişiga olib kelgandi. Ammo faqat fransuzlar töğridan töğri öyin vaqtida jabrlanuvçiga aylangan va bu ular bilan ikkinçi bor röy berişi kutilmoqda.

Navbatdagi öyinlar

Uçinçi tur davom etmoqda. 26 iyun kuni keçqurun va 27 iyunga ötar keçasi quyidagi uçraşuvlar bölib ötadi:

00.00. I guruhi. Norvegiya — Fransiya
00.00. I guruhi. Senegal — Iroq
05.00. H guruhi. Urugvay — Ispaniya
05.00. H guruhi. Kabo-Verde — Saudiya Arabistoni
08.00. G guruhi. Yangi Zelandiya — Belgiya
08.00. G guruhi. Misr — Eron