Tadbirda MANAR Development nomidan tijorat direktori Botir Abdurahmonov va loyihalar direktori Yusuf Yunusov “Developer qayerda pul yöqotadi: yer uçastkasidan tortib strategiyagaça” mavzusida ma’ruza qildi.
“Developmentdagi eng qimmat xatolarga qurilişda emas, balki uni boşlaşdan ança avval – yer uçastkasini tanlaş, konsepsiya işlab çiqiş, rejalaştiriş va asosiy strategik qarorlarni qabul qiliş bosqiçida yöl qöyiladi. Bugungi kunda loyiha muvaffaqiyati nafaqat quriliş sifati, balki developerning bozorni qay darajada töğri tuşunişi, xatarlarni boşqara olişi va obektning butun hayotiy siklini nazorat qila bilişi bilan belgilanadi”, – deya ta’kidladi MANAR Development boş direktori Davron Fayzimatov.
Spikerlar developmentdagi moliyaviy yöqotişlarning asosiy sabablarini – yer uçastkasini tanlaş va loyihalaşdagi xatoliklardan tortib, sotuv va strategiyadagi yangliş hisob-kitoblargaça tahlil qilib berdilar. Şuningdek, tizimli yondaşuv har bir bosqiç samaradorligini va loyihani amalga oşirişning, jumladan, moliyaviy samaradorligini oşirişga qanday imkon berişiga alohida e’tibor qaratildi.
Build Connect 2026 — quriliş sohasidagi asosiy muammolarni muhokama qiliş, amaliy tajriba almaşiş va hamkorlik uçun yangi imkoniyatlar izlaşga möljallangan mamlakatning yetakçi biznes platformasidir.
Reklama huquqi asosida









