Özbekiston aholisining 89,4 foizini özbeklar taşkil etadi. Bu haqda aholini röyxatga olişning dastlabki natijalariga bağişlangan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
2026 yil boşida ötkazilgan röyxatga olişning dastlabki natijalariga köra, Özbekiston aholisining milliy tarkibi quyidagiça:
özbeklar – 34 901 261 (89,4 foiz);
tojiklar – 1 278 941 (3,27 foiz);
qoraqalpoqlar – 841 397 (2,15 foiz);
qozoqlar – 707 329 (1,81 foiz);
ruslar – 606 528 (1,55 foiz);
qirğizlar – 219 091 (0,56 foiz);
turkmanlar – 194 757 (0,50 foiz);
boşqa millatlar – 300 010 (0,77 foiz).
Şuningdek, aholining 35,7 mln nafari yoki 91,3 foizi özbek tilini ona tili sifatida körsatgan. Bu körsatkiç etnik özbeklar uluşidan 1,9 foiz punktga yuqori.
Avvalroq röyxatga oliş natijalari böyiça Özbekiston aholisi 39 milliondan oşgani xabar qilingandi.
Jadvallar














