Portugaliya milliy jamoasi hujumçisi va sardori Kriştianu Ronaldu milliy jamoadagi vaziyat yuzasidan bayonot berdi. Uning fikriça, Portugaliya terma jamoasi boş murabbiyi Jorje Jezuş bergan vaʼdalari ustidan çiqmagan.
Maʼlumot uçun, 41 yoşli futbolçi boş murabbiy uni 27-sentabrda Norvegiyaga qarşi ötkazilgan Millatlar ligasi uçraşuvida maydonga tuşirmaganidan keyin terma jamoa yiğinini tark etgandi. Şundan söng hujumçi milliy jamoada boşqa öynamaslikka qaror qilgani haqida xabarlar tarqalgan.
«Norvegiyadagi öyin kuni tuşlik paytida murabbiy yordamçisi jamoa ovqatlanayotgan stolga kelib, boş murabbiy men bilan gaplaşmoqçi ekanini aytdi.
Murabbiyning 30 daqiqa öynaşga tayyorligimni söraşi men uçun umuman kutilmagan holat böldi. Men bor eʼtiborimni jismoniy tiklanişga qaratgandim, odatdagidek jamoadoşlarim bilan muloqotda edim va öşa kuni maydonga tuşmayman, deb öylagandim. Bunga heç qanday eʼtirozim yöq edi.
Bu iltimos tiklaniş va maşğulot rejamga kirmagan edi. Çunki faqat 4-sanada «Dragau» stadionida öynaşni rejalaştirgan edim. Lekin, albatta, rozi böldim. U menga tayyor turişimni, çunki 30 daqiqa öynaşimni aytdi. Qolganini hamma biladi. Tanaffusdan keyin çigal yoziş maşqlarini bajardim. Daqiqalar ötib borar, ammo meni heç kim çaqirmasdi.
Murabbiy menga bergan vaʼdasini buzdi.
Öyin oxirida faqat jamoamiz ğalaba qozonişini va yolğiz qolişni xohladim. Muxlislar oldiga borib, ular bilan salomlaşmadim. Bu xatoga faqatgina özim javobgarman. Bunday qilmasligim kerak edi. Bizni jonkuyarlik bilan qöllab-quvvatlagan portugaliyaliklardan, muxlislardan, şuningdek, portugaliyalik bölmasa ham, ehtimol, meni köriş uçun kelgan va balki men könglini qoldirgan insonlardan uzr sörayman.
Oradan 48 soat ötgaç, men, murabbiy va Simau Koutinyu («An-Nasr» sport direktori) örtasida suhbat böldi. Çunki avgustdagi suhbatlarimizda ham aynan u qatnaşgan edi. Bu jiddiy va juda oçiq suhbat böldi. Heç narsani yaşirmay gaplaşdik.
Vaziyatga nuqta qöyişning yagona yöli borligiga kelişdik: murabbiy Simau Koutinyu iştirokida menga aytgan gaplarini matbuot anjumanida ham takrorlaşi kerak edi.
Kelişuv oddiy edi. Murabbiy matbuot anjumanini şu mavzudan boşlab, haqiqatni aytiş orqali masalani yopişga harakat qilişi lozim edi.
U men heç qaçon hatto bir neça daqiqaga bölsa ham maydonga tuşirişni söramaganimni, yiğindagi iştirokim böyiça rejani boşqa birov emas, aynan özi taklif qilganini aytişi kerak edi. Şuningdek, agar oxir-oqibat meni maydonga tuşirmoqçi bölmagan bölsa, çigal yoziş maşqlariga çiqargani xato bölganini tan olişi lozim edi. Yana xuddi şundan holat bölganida, bunday qilmasligini ham aytişi kerak edi.












