«An-Nasr» hujumçisi Kriştianu Ronaldu Portugaliya milliy jamoasidagi faoliyatini yakunlamaganini bildirdi. 41 yoşli futbolçi milliy jamoa safida yana öynaşga tayyorligini aytdi.
«Xayrlaşuv öyini mavzusida haqida köp gaplarni eşitdim. Ha, munosib tarzda xayrlaşişim kerak va federatsiya menga şunday imkoniyat berişga tayyor.
Hayotda oç qolgan, yeyişga heç narsam bölmagan paytlarda bir narsani angladim: heç kim heç kimga heç narsani şunçaki bermaydi.
Barça muxlislarimga, ayniqsa, Portugaliya xalqiga bir yoki bir neçta xayrlaşuv öyini ötkazişimizga vaʼda bera olaman. Buning uçun hali vaqt böladi.
Ammo terma jamoa haqida öylaganimda, avvalo, musobaqalarda kuraşişni öylayman. Otamning vafoti haqida xabar olgan kuni ham xayolimda şu edi. Öşanda terma jamoamiz yiğinida edim va ertasi kungi öyin tugaguniga qadar jamoada qolişga qaror qildim. Mamlakatim uçun qilgan bu işimni heç bir klub uçun qilmagan bölardim.
Şunday ekan, jismoniy holatim yaxşi bölsa, klubimda öynab, umid qilamanki, gollar urib tursam, menga belgilanişi mumkin bölgan har qanday diskvalifikatsiya muddatini ötab bölgaç, terma jamoamiz uçun kuraşiş va ğalaba qozonişga har doimgidek tayyor bölaman.
Işoning, bu - ayni haqiqat», - deya yozgan Ronaldu öz Instagram sahifasida.

















