Visual Capitalist naşri Birlaşgan Millatlar Taşkiloti prognozlari asosida tayyorlagan yangi infografikada dunyo davlatlari tuğiliş koeffitsiyenti böyiça taqsimlandi. Xaritada har bir ayol hissasiga töğri keladigan farzandlar soni aholi tabiiy tiklanişi uçun zarur bölgan 2,1 körsatkiçdan yuqori yoki past ekani aks ettirilgan.

Mutaxassislar ta’kidlaşiça, bu demografik böliniş kelajakda aholining qarişi, mehnat bozorida işçi kuçi yetişmasligi, migratsiya oqimlarining kuçayişi hamda iqtisodiy ösiş sur’atlariga jiddiy ta’sir körsatişi mumkin.

Hisobotga köra, Yevropaning deyarli barça davlatlari aholi özini tabiiy tiklaş darajasidan past körsatkiçga tuşib bölgan. Şuningdek, Şimoliy va Janubiy Amerikaning katta qismi hamda Şarqiy Osiyo mamlakatlarida ham xuddi şunday vaziyat kuzatilmoqda.



Ayni paytda Afrika qit’asining aksariyat davlatlari, Yaqin Şarqning bir qismi, Markaziy Osiyo, Janubiy Osiyo va Janubi-Şarqiy Osiyoning qator mamlakatlarida tuğiliş darajasi hali ham aholining tabiiy ösişini ta’minlaydigan me’yordan yuqori bölib qolmoqda.

Şu bilan birga, mintaqaviy manzarada ayrim istisnolar ham mavjud.

Markaziy Amerikada Honduras, Nikaragua va Gvatemalada tuğiliş koeffitsiyenti hali ham 2,1 körsatkiçidan yuqori. Bu holat qit’aning boşqa davlatlaridan keskin farq qiladi.

Afrikada esa Tunis materikdagi yagona davlat bölib, unda tuğiliş darajasi aholi tabiiy tiklanişi uçun zarur bölgan çegaradan pastga tuşgan.

Janubiy Amerikada Boliviya va Paragvay, şuningdek, Gayana, Surinam hamda Fransuz Gvianasi yuqori tuğiliş körsatkiçlari bilan ajralib turadi.

Yaqin Şarqda Birlaşgan Arab Amirliklari, Qatar va Bahraynda tuğiliş darajasi allaqaçon aholi tiklaniş darajasidan past. Biroq ularni örab turgan davlatlarning köpçiligida bu körsatkiç hali ham yuqori bölib qolmoqda.

Janubiy va Markaziy Osiyoda Pokistondan boşlanib, Qozoğiston orqali Möğulistongaça çözilgan hududda tuğiliş koeffitsiyenti 2,1 dan yuqori bölib qolmoqda. Bu guruhga Bangladeş ham kiradi.