Uçraşuv avvalida Serjio Gor Özbekiston davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan samimiy tabrikladi hamda Şavkat Mirziyoyevga AQŞ prezidenti Donald Trampning salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

Özbekiston–AQŞ strategik şeriklik munosabatlarini yanada mustahkamlaş va oliy darajada erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş masalalari muhokama qilindi.

Siyosiy muloqot, parlamentlararo va hududlararo aloqalarning ijobiy surʼati hamda savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikning izçil kengayib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Ustuvor yönalişlarda, jumladan, energetika, transport, muhim minerallar, raqamli texnologiyalar, sunʼiy intellekt, qişloq xöjaligi sohalarida qöşma loyiha va taşabbuslarni ilgari surişni davom etiş muhimligi taʼkidlandi.

“S5+1” formati doirasida bölajak tadbirlarga hamda Özbekiston-Amerika işbilarmonlik va investitsiya kengaşining navbatdagi yiğilişiga puxta tayyorgarlik körişga alohida eʼtibor qaratildi.