Yangi zelandiyalik aktyor Sem Nil 78 yoşda vafot etdi. Nilning oilasi aktyor Sidneydagi klinikalardan birida, oila a’zolari va boşqa yaqinlari davrasida köz yumganini bildirgan. Unga 2022 yilda onkologik kasallik taşxisi qöyilgan, 2026 yil aprel oyi oxirida uning özi bu kasallikni muvaffaqiyatli yengib ötganini xabar qilgandi.

Avstraliya boş vaziri Entoni Albaniz ham aktyorning ölimi yuzasidan hamdardlik bildirdi. «Sem kasallikka qarşi har bir nutqiga kuç bağişlagan öşa qadr-qimmat, yumor va işonç bilan kuraşdi. Unga qattiq aza tutişadi va uni uzoq vaqt yodda saqlaşadi», – deya yozgan Albaniz X ijtimoiy tarmoğida.

Sem Nil (töliq ismi Nayjyel Jon Dermot Nil) 1947 yil 14 sentabrda Şimoliy Irlandiyada dunyoga kelgan, öşa vaqtda uning otasi harbiy xizmatni şu yerda ötayotgandi. 1954 yilda Nillar oilasi otasining vataniga – Yangi Zelandiyaga qaytadi. Nil faoliyatini teatr aktyori sifatida boşlagan. «Uxlayotgan itlar» (Sleeping Dogs, 1977) filmidagi ijrosi uning faoliyatida buriliş yasaydi – bu yangi zelandiyaliklarning AQŞda keng miqyosda namoyiş etilgan ilk filmi bölgandi. Şundan keyin Nil Hollivud filmlarida köriniş berişni boşlaydi.

«Reyli: Josuslar qiroli» (1983 yil) mini-serialidagi roli uçun uni «Oltin globus» uçun nomzod sifatida körsatişgandi.

1993 yilda Nil «Pianino» filmida (rejissyor va ssenariynavis Jyeyn Kempion) suratga tuşadi. Uşbu kartina dastlab Kann kinofestivalida «Oltin palma yaproği» mukofotini qölga kiritadi, keyinroq bir neça yönalişda «Oskar» ğolibi böladi. Xuddi öşa yili Stiven Spilberg tomonidan suratga olingan va boş rollardan birini Nil ijro etgan «Yura davri parki» filmi katta ekranlarga çiqadi. Keyingi yillarda aktyor uşbu franşizaning bir neça sikvellarida suratga tuşadi.

Özbek tomoşabini uni 1998 yilda işlangan «Buyuk Merlin» teleseriali (boş qahramon, sehrgar Merlin rolini öynagan) orqali tanigan. Nil keyinroq «Tyudorlar» (The Tudors, 2007-2010) va «Ötkir viqorlilar» (Peaky Blinders, 2013-2022) kabi maşhur seriallarda ham rol ijro etdi, «Simpsonlar» va «Rik va Morti» epizodlarida köriniş berdi. 

Umuman, aktyor 50 yillik faoliyati mobaynida 150 dan ortiq film va seriallarda rollar ijro etgan.