Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida 16 iyul kuni “mahalla yettiligi” faoliyatini yangiça taşkil qiliş böyiça ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yiğilişi ötkazildi.

Yiğilişda mahalla bankirlarining iş uslubi ham tubdan özgarişi belgilandi. Ta’kidlanişiça, joylarda yaxşi tajribalar bor. Masalan, Angor tumani Yangiobod mahallasidagi 2 kilometr zovur usti yopilib, 110 ta servis obekti işga tuşirildi. Natijada mahalla atrofida yaşaydigan 1 ming 225 nafar odam işli va daromadli böldi.

Arnasoy tumanidagi Baxtli mahallasining bankiri 20 ta xonadonga 50 million sömdan kredit ajratib, mehmon uylarini işga tuşirdi. Har bir xonadon bir mavsumda 100 million sömgaça daromad olmoqda. Iş yurişib ketgani uçun yana 80 ta oila şunday mehmon uylari taşkil qilişga kirişdi.

Endi banklar har bir mahallaning “ösiş nuqtasi”ni aniqlab, taşabbuskorlarni topişi va daromadli loyihalarni köpaytirişi zarur. Bundan buyon bitta mahalla bankiriga köpi bilan uçta mahalla biriktiriladi.

Ikki haftada taşabbuskor, zamonaviy fikrlaydigan oliygoh bitiruvçilari va yoş mutaxassislar orasidan 400 nafar yangi mahalla bankiri tanlab olinadi. Ular bir oy davomida namunali mahallalarga olib borilib, tajriba örganadi.

Joriy yil oilaviy tadbirkorlik loyihalari uçun qöşimça 2 trillion söm imtiyozli resurs berildi. “Oğir” mahallalar uçun kredit stavkasi 17,5 foizdan 12 foizga tuşirildi.

Endi mahalla bankirlari özi topgan loyihasi uçun uşbu resursdan foydalanişi mumkin böladi. Bu tizimni 1 avgustdan amaliyotga joriy etiş vazifasi qöyildi.

Mahalla bankirlariga biznes faollikni oşiriş, tadbirkorlik, iş örni va aholi daromadini köpaytiriş böyiça KPI belgilanadi. Tuman va şahar hokimlari mahalla raislari bilan birga har bir mahalla bankiriga yil yakunigaça aniq buyurtma şakllantirib beradi.

Davlat banklari bu yil 100 tadan mahallani ixtisoslaştiriş taşabbusi bilan çiqqan. Ötgan yili 9 ta davlat banki iştirokida mahallalarda agrosanoatni rivojlantiriş uçun “Agrostar” kompaniyalari taşkil qilingan edi.

Endi banklar mahallani ixtisoslaştiriş bilan çeklanib qolmasdan, “Agrostar”larni jalb qilgan holda “yetiştiriş – qayta işlaş – saqlaş – qadoqlaş – sotiş” zanjirini yaratadi. Bir oyda dastur qilib, 1 mingta mahallada iş boşlaş topşirildi.