Xalqaro moliya markazi nima?
Tasavvur qiling: bir şahar içida alohida hudud bor. Bu hududda dunyoning eng yirik banklari, investitsiya kompaniyalari, suğurta taşkilotlari, moliyaviy texnologiya (fintex) firmalari faoliyat yuritadi. Ular bu yerga kelişining sababi — uşbu hududda ular uçun taniş, tuşunarli va işonçli qoidalar amal qiladi: xalqaro standartlarga mos huquqiy muhit, mustaqil sud, soliq imtiyozlari va byurokratik tösiqlarning yöqligi.
Aynan şunday model XX asr oxiri — XXI asr boşida jahon amaliyotida özini töla oqladi. London va Nyu-York kabi tarixiy moliya poytaxtlaridan taşqari, sönggi ön yilliklarda "yangi avlod" moliya markazlari paydo böldi. Ularning eng yorqin namunalari — Dubay xalqaro moliya markazi (DIFC), Singapur va qöşni Qozoğistondagi Ostona xalqaro moliya markazi (AIFC).
Dubay tajribasi ayniqsa ibratli. 2004 yilda taşkil etilgan DIFS bugungi kunda Yaqin Şarq, Afrika va Janubiy Osiyo mintaqasining eng yirik moliyaviy uyasiga aylandi: bu yerda minglab kompaniyalar röyxatdan ötgan, ön minglab yuqori malakali mutaxassislar işlaydi. Uning muvaffaqiyati siri oddiy: arab davlati öz hududining bir qismida ingliz umumiy huquqini joriy etdi, mustaqil sud va regulyator tuzdi — va xalqaro kapital bunga işonç bilan javob berdi. Ostona ham 2018 yilda xuddi şu yöldan bordi va qisqa muddat içida Markaziy Osiyoda investitsiyalarni jalb qilişning muhim vositasiga aylandi.
Endi bu qatorga Toşkent qöşilmoqda. Va muhimi — biz boşqalarning tajribasini şunçaki nusxalamayapmiz, balki eng ilğor amaliyotlarni örganib, ularni milliy manfaatlarimizga moslaştirgan holda joriy etmoqdamiz.
Nega bu qonun «Konstitutsiyaviy» deb ataladi?
Bu savol köpçilikni qiziqtirsa kerak. Gap şundaki, moliya markazi hududida odatiy qonunlardan farq qiluvçi maxsus huquqiy rejim amal qiladi. Bunday rejimni joriy etiş uçun esa eng yuqori darajadagi huquqiy asos talab etiladi. Şu bois qonun bilan bir vaqtda Konstitutsiyamizning 15-moddasiga özgartiriş kiritilib, alohida hududlarda Konstitutsiyaviy qonun asosida maxsus huquqiy rejim örnatilişi mumkinligi mustahkamlandi. Bundan taşqari, yettita kodeks va öttizdan ortiq qonunga muvofiqlaştiruvçi özgartişlar kiritildi.
Bu — huquqiy tizimimiz tarixida misli körilmagan keng kölamli islohot. Va u şoşmaşoşarlik bilan emas, puxta parlament muhokamasi orqali amalga oşirildi: Senat qonunning dastlabki tahririni qayta işlaş uçun qaytardi, kelişuv komissiyasi investorlar huquqlarini himoya qiliş normalarini kuçaytirdi va faqat şundan keyingina hujjat ma’qullandi. Bu jarayon özi ham davlatimizning sifatli qonun ijodkorligiga bölgan yondaşuvini körsatadi.

















