“Toşkent xalqaro moliya markazi töğrisida”gi qonun kuçga kirdi
|15:08 / 25.07.20264 52718 min
25 iyuldan “Toşkent xalqaro moliya markazi töğrisida” konstitutsiyaviy qonun kuçga kirdi. Markaz hududida maxsus huquqiy rejim amal qiladi. Markaz iştirokçilari valyuta, soliq, bojxona, viza va boşqa yönalişlarda kengaytirilgan erkinliklar bilan faoliyat yuritadi, xususan 2076 yilgaça qator soliqlardan ozod böladi. Markazning öz alohida mustaqil tijorat sudi faoliyat yuritadi.
Foto: Kun.uzFoto: Kun.uz
“Toşkent xalqaro moliya markazi töğrisida”gi konstitutsiyaviy qonun rasman e’lon qilinganidan 10 kun ötib – 25 iyuldan kuçga kirdi.
Qonunga köra, Toşkent xalqaro moliya markazi (keyingi örinlarda – Moliya markazi) hududida maxsus huquqiy rejim amal qiladi.
Moliya markazi hududining çegaralari prezident farmoni bilan belgilanadi. Dastlabki belgilangan çegaralarning qisqartirilişiga yöl qöyilmaydi; keyinçalik prezident farmonlari bilan markazning hududiy çegaralari faqat kengaytirilişi yoki aniqlaştirilişi mumkin.
Moliya markazi huquqiy aniqlik, tartibga solişni oldindan köra biliş, sud mustaqilligi hamda investorlarni jalb etiş va himoya qilişni ta’minlaş maqsadida, yetakçi xalqaro moliya markazlarining eng yaxşi amaliyotlari inobatga olingan holda taşkil etiladi hamda boşqariladi.
Markazning vazifalari
Moliya markazining vazifalariga, jumladan, quyidagilar kiradi:
moliyaviy xizmatlar uçun jozibador, raqobatbardoş va şaffof muhitni yaratiş hamda uşbu moliyaviy xizmatlardan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş orqali Özbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga, şu jumladan milliy strategik loyihalarga, infratuzilmaga, energetikaga, davlat-xususiy şeriklik loyihalariga va birgalikdagi investitsiya loyihalariga mahalliy va xorijiy investitsiyalarni jalb qiliş;
Özbekiston Respublikasida qimmatli qoğozlar bozorlarini va boşqa kapital bozorlarini rivojlantiriş hamda ularning xalqaro kapital bozorlari bilan integratsiyalaşuvini rağbatlantiriş;
moliyaviy xizmatlarni, şu jumladan bank xizmatlarini, suğurta, islomiy va islomiy bölmagan moliya faoliyatini, moliyaviy texnologiyalarni, raqamli aktivlarni, Moliya markazining qarorlarida ruxsat etilgan doirada texnologiyalarga asoslangan boşqa moliyaviy mahsulotlar va xizmatlarni, elektron tijoratni hamda boşqa innovatsion moliyaviy faoliyat turlarini rivojlantiriş va diversifikatsiya qiliş;
xalqaro miqyosda e’tirof etilgan eng yaxşi amaliyotlarga muvofiq, şu jumladan xorijiy moliyaviy xizmat körsatuvçilarni va Moliya markazining investitsiyaviy soliq rezidentlarini jalb qilgan holda moliyaviy xizmatlarda va professional xizmatlarda innovatsiyalarni rağbatlantiriş.
Kimlar markaz iştirokçisi böla oladi?
Özbekiston yuridik şaxslari, çet el yuridik şaxslari va Moliya markazining özi tomonidan taşkil etilgan yuridik şaxslar markaz iştirokçisi bölişi mumkin.
Mavzuga oid
Moliya markazining iştirokçisi böliş talablari va tartib-taomillari Moliya markazining kengaşi tomonidan belgilanadi.
Moliya markazining iştirokçilariga, xodimlariga, investitsiyaviy soliq rezidentlariga va ularning oila a’zolariga identifikatsiya raqamlari beriladi. Bu identifikatsiya raqamlari Özbekiston qonunçiligi asosida berilgan boşqa identifikatsiya raqamlari bilan bir xil tartibda, butun respublika hududida tan olinadi.
Markaz iştirokçilarining faoliyat turlari
Markaz iştirokçilari markaz hududida yoki u orqali quyidagi faoliyat turlari bilan şuğullanişi mumkin:
bank va moliya faoliyati;
investitsiya faoliyati;
moliyaviy vositalar, valyutalar, tovarlar, metallar va hosilaviy (derivativ) moliyaviy vositalar bilan savdo qiliş hamda ular böyiça bitimlar tuziş;
moliya va pul bozori brokerligi;
barça turdagi valyutalar, tovarlar, metallar, moliyaviy vositalar, obligatsiyalar, sukuk va hosilaviy (derivativ) moliyaviy vositalar böyiça sotiş hamda sotib oliş takliflarini taqdim etiş orqali market-meykerlik faoliyatini yuritiş;
pul ötkazmalarini amalga oşiriş, tölov xizmatlarini va valyuta ayirboşlaş xizmatlarini körsatiş;
islomiy moliya, islomiy bank xizmatini va u bilan boğliq faoliyatni amalga oşiriş;
investitsiya jamğarmalarini, investitsiya portfellarini, jamoaviy investitsiya sxemalarini, pensiya jamğarmalarini, xedj-jamğarmalarni, trastlar va fidutsiar tuzilmalarni taşkil etiş va faoliyatini yuritiş;
loyihaviy moliyalaştiriş hamda kompaniyalar va boşqa taşkilotlar uçun kapital taqdim etiş;
aksiyalarni, obligatsiyalarni, sukuk, boşqa moliyaviy vositalarni, barça turdagi moliyaviy mahsulotlarni, valyutalarni, tovarlarni, barça turdagi metallarni va hosilaviy (derivativ) moliyaviy vositalarni, şu jumladan ular bilan boğliq fyuçers şartnomalari va opsionlarni çiqariş, taklif etiş, listingga kiritiş, tarğib qiliş, sotib oliş, sotiş hamda savdo qiliş, şuningdek likvidlilikni ta’minlaş va pul bozoriga oid boşqa faoliyat hamda xizmatlarni amalga oşiriş imkonini yaratiş maqsadida ularni garov sifatida taklif etiş yoki ularning ta’minoti ostida qarz oliş;
suğurta, qayta suğurta va suğurta vositaçiligi bilan şuğullaniş, şu jumladan suğurta brokerligi xizmatlarini körsatiş;
moliyaviy, investitsiyaviy va bank maslahat xizmatlarini körsatiş;
ommaviy moliyalaştiriş (kraudfanding) platformalarini yuritiş.
Markaz iştirokçilari markazning qarori bilan boşqa moliyaviy xizmatlarni körsatişi va boşqa faoliyat turlari bilan ham şuğullanişi mumkin.
Markaz iştirokçilari moliya markazi hududida yoki u orqali moliyaviy bozor infratuzilmasi faoliyati, raqamli aktivlar bilan boğliq faoliyat hamda auditorlik, buxgalteriya, yuridik reyting, axborotga oid xizmatlar, şuningdek, tovarlar, metallar yoki boşqa aktivlarni saqlaş, qayta işlaş, taşiş, yetkazib beriş va logistika xizmatlari kabi qöşimça faoliyat turlari bilan ham şuğullanişi mumkin.
Huquqiy rejim
Moliya markazi hududida amal qiladigan maxsus qonunçilik quyidagiça ketma-ketlikdagi ustuvorlik tartibiga ega:
Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi;
uşbu konstitutsiyaviy qonun;
uşbu konstitutsiyaviy qonunga muvofiq Moliya markazini taşkil etiş, faollaştiriş, uning çegaralarini özgartiriş, strategik boşqaruv, asosiy mansabdor şaxslarni tayinlaş hamda Özbekiston Respublikasi Prezidentining uşbu konstitutsiyaviy qonunda Prezident vakolatiga bevosita taalluqli boşqa masalalar yuzasidan qabul qilingan farmonlari va qarorlari;
uşbu konstitutsiyaviy qonunga asosan va unga muvofiq qabul qilingan, Moliya markazining öz yurisdiksiyasiga kiradigan masalalarni tartibga soladigan qarorlari;
zarur hollarda Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, uşbu Konstitutsiyaviy Qonunga va Moliya markazining qarorlariga zid bölmagan taqdirda, Angliya va Uelsning umumiy huquqi va adolat prinsiplari hamda qoidalari.
Moliya markazining kengaşi Angliya va Uels huquqini qöllaş töğrisidagi Moliya markazining qarorini qabul qiladi. Uşbu qarorda Moliya markazida qöllanilişi lozim bölgan Angliya va Uelsning qonunçilik hujjatlari, ularning qaysi sana holatiga köra qöllanilişi hamda qanday özgartirişlar bilan qöllanilişi belgilanadi.
Özbekiston Respublikasining qonunçilik hujjatlari Moliya markazining yurisdiksiyasiga kirmaydigan masalalarga nisbatan, şuningdek Moliya markazi hududida ularning qöllanilişi uşbu konstitutsiyaviy qonunda yoxud Moliya markazining qarorlarida bevosita belgilangan hollarda qöllaniladi.
Moliya markazining organlari öz vakolatlari doirasida Moliya markazi şaxslarining özaro va (yoki) orasidagi, Moliya markazining yurisdiksiyasiga kiruvçi quyidagi munosabatlarni tartibga soladigan, bajarilişi majburiy bölgan qarorlarni qabul qilişi mumkin:
fuqarolik, korporativ va tijorat huquqi, moliya, bank, investitsiyalar, soliq, mehnat munosabatlarini hamda ma’lumotlarni himoya qiliş;
fuqarolik va iqtisodiy protsessual munosabatlar;
ma’muriy tartib-taomillar, şu jumladan litsenziyalaş va röyxatdan ötkaziş;
davlat xaridlari;
Moliya markazining kengaşi Moliya markazining maqsadlariga erişiş uçun zarur deb topgan boşqa masalalar.
Moliya markazining qarorlari Moliya markazining yurisdiksiyasi doirasida bajarilişi majburiy bölgan normativ-huquqiy hujjat deb hisoblanadi.
Moliya markazi hududida Moliya markazining qarorlari uşbu qarorlarga zid bölgan har qanday normativ-huquqiy hujjatlardan ustun turadi, bundan Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, uşbu konstitutsiyaviy qonun va Özbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan xalqaro şartnomalar mustasno.
Moliya markazining heç bir organi uşbu konstitutsiyaviy qonunga muvofiq öz vakolati doirasiga kirmaydigan masalalar böyiça Moliya markazining qarorini qabul qilişi mumkin emas.
Özbekiston Respublikasining davlat xavfsizligiga tahdid solişi mumkin bölgan şart-şaroitlarni istisno etiş maqsadida Moliya markazining kengaşi tomonidan tasdiqlangan Moliya markazining qarorlarida Moliya markazining iştirokçilari uçun çeklovlar belgilanişi mumkin. Bunday çeklovlar bartaraf etilişi lozim bölgan tahdidga mutanosib bölişi, ularda uşbu konstitutsiyaviy qonun talablari inobatga olingan bölişi kerak va ular Toşkent xalqaro tijorat sudi tomonidan qayta körib çiqilişi mumkin.
Mol-mulk himoyasi
Moliya markazi organlarining, iştirokçilarining, xodimlarining, investitsiyaviy soliq rezidentlarining va ular oila a’zolarining Moliya markazi hududida joylaşgan yoki Moliya markazining qarorlariga muvofiq şakllantirilgan mablağlari, aktivlari, mol-mulki va huquqlari musodara qilinişiga, natsionalizatsiya qilinişiga, ekspropriatsiya qilinişiga, sekvestrlaştirilişiga, muzlatilişiga yoki ularga egalik qilinişini yoxud ularning erkin tasarruf etilişini har qanday tarzda çeklaşga yöl qöyilmaydi.
Bundan quyidagi çeklovlar mustasno: Toşkent xalqaro tijorat sudining yakunlovçi va majburiy kuçga ega hal qiluv qarorlari yoki ajrimlari yoxud jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştirişga, terrorizmni moliyalaştirişga va ommaviy qirğin qurolini tarqatişni moliyalaştirişga qarşi kuraşiş, sanksiyalar, jinoiy daromadlar yoki tölovga qobiliyatsizlik (bankrotlik) masalalariga oid amaldagi qonunlarga yoki Moliya markazining qarorlariga muvofiq qabul qilingan çeklovlar.
Jarimalar va majburlov çoralari
Uşbu konstitutsiyaviy qonunning yoki Moliya markazi qarorlarining qoidalariga zid ravişda tijorat faoliyatini yoki moliyaviy faoliyatni amalga oşirgan Moliya markazining har qanday iştirokçisi quyidagilardan oşmaydigan miqdorda jarimaga tortiladi:
10 mln AQŞ dollaridan oşmaydigan miqdorda;
qoidabuzarlikka sabab bölgan tegişli bitim, özaro boğliq bitimlar yiğindisi yoki faoliyat qiymatining ön foizidan oşmaydigan miqdorda.
Moliya markazining kengaşi öz qarori bilan huquqbuzarliklar röyxatini va ular uçun qöllaniladigan sanksiyalarni tasdiqlaydi.
Pul majburiyatlari va valyuta masalalari
Moliya markazi iştirokçilarining pul majburiyatlari ularning şartnomalarida kelişilgan çet el valyutalarida va raqamli aktivlarda ifodalanişi va bajarilişi mumkin.
Agar Moliya markazining Markaziy bank bilan birgalikda işlab çiqilgan qarorlarida boşqaça qoida nazarda tutilmagan bölsa, Özbekiston Respublikasining umumiy valyuta töğrisidagi qonunçiligi bilan boğliq valyuta şartnomalarini, kapital harakati böyiça operatsiyalarni röyxatdan ötkazişga yoki ular haqida xabar berişga, xorijiy bank hisobvaraqlarini oçişga yoki yuritişga hamda valyuta operatsiyalari töğrisida xabar berişga oid talablar Moliya markazining iştirokçilari tomonidan Moliya markazining yurisdiksiyasi doirasida amalga oşiriladigan valyuta operatsiyalariga nisbatan qöllanilmaydi.
Moliya markazining Markaziy bank bilan birgalikda işlab çiqiladigan qarorlarida tölov balansi, moliyaviy barqarorlik uçun, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştirişga, terrorizmni moliyalaştirişga va ommaviy qirğin qurolini tarqatişni moliyalaştirişga qarşi kuraşiş hamda makroiqtisodiy monitoring maqsadlari uçun zarur bölgan axborotning Markaziy bank tomonidan olinişini ta’minlaydigan soddalaştirilgan hisobot beriş, axborot almaşiş va nazorat qiliş mexanizmlari belgilanadi.
Soliq va bojxona imtiyozlari
Moliya markazi iştirokçilari qöşilgan qiymat soliğini tölaşdan ozod qilinadi.
Moliya markazining organlariga yoki iştirokçilariga tegişli yoxud ularning foydalanişida bölgan, Moliya markazi hududida joylaşgan köçmas mulklar mol-mulk soliğidan va yer soliğidan ozod qilinadi.
Quyidagilar yuridik şaxslardan olinadigan foyda soliği va ijtimoiy soliqdan 2076 yil 1 yanvargaça ozod qilinadi:
Moliya markazining organlari va ular tomonidan töliq egalik qilinadigan taşkilotlar;
markazning malakali iştirokçilari – moliyaviy xizmatlardan olingan daromad böyiça;
markaz iştirokçilari – Moliya markazining hududida körsatilgan qöşimça xizmatlardan olingan daromad böyiça.
Moliya markazining iştirokçisida yoki organida mehnat şartnomasi asosida faoliyat yuritadigan xodimlar Moliya markazidagi faoliyatdan olingan daromadlar böyiça jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliğini tölaşdan 2076 yil 1 yanvargaça ozod qilinadi, bundan Özbekiston rezidentlari mustasno.
Jismoniy va yuridik şaxslar quyidagilardan olingan daromadlar böyiça jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliğini va yuridik şaxslardan olinadigan foyda soliğini tölaşdan 2076 yil 1 yanvarga qadar bölgan davrda ozod qilinadi:
fond birjasining rasmiy röyxatiga kiritilgan qimmatli qoğozlarni sotişdan olingan daromad, şu jumladan kapital ösişdan olingan daromadlar;
Moliya markazi iştirokçilarining aksiyalarini yoki kapitalidagi uluşlarini sotişdan olingan daromad, şu jumladan kapital ösişdan olingan daromadlar;
hisoblangan kunda fond birjasining rasmiy röyxatiga kiritilgan qimmatli qoğozlar böyiça dividendlar va foizlar;
Moliya markazi iştirokçilarining aksiyalari yoki kapitalidagi uluşlari böyiça dividendlar;
agar jismoniy şaxslar Moliya markazining investitsiyaviy soliq rezidentlari bölsa, ularning Özbekiston Respublikasidan taşqaridagi manbalardan olingan daromadlari.
Moliya markazi organlarining, iştirokçilarining, xodimlarining yoki investitsiyaviy soliq rezidentlarining Moliya markazi hududida foydalaniş yoki iste’mol qiliş uçun Özbekiston bojxona hududiga xorijdan olib kiriladigan mol-mulkidan 2076 yil 1 yanvarga qadar bölgan davrda bojxona boji va bojxona yiğimlari undirilmaydi. Uşbu imtiyoz faqat Moliya markazi organlarining va iştirokçilarining faoliyatini amalga oşiriş uçun zarur bölgan hamda Moliya markazi hududida foydalaniladigan yoki iste’mol qilinadigan tovarlarga nisbatan qöllaniladi. Mazkur tovarlardan Moliya markazining hududidan taşqarida foydalanilgan, ular begonalaştirilgan yoki boşqa şaxslarga berilgan taqdirda, bojxona tölovlari undiriladi.
Soliq imtiyozlariga istisno mavjud: unga köra, Moliya markazi iştirokçilarining daromadi böyiça soliq imtiyozlari tegişli moliyaviy yildan oldingi tört moliyaviy yilning kamida ikkitasida konsolidatsiyalaşgan yillik daromadi 750 million yevro yoki undan ortiq bölgan, turli mamlakatlarda joylaşgan ikki va undan ortiq korxonadan yoki bölinmadan iborat bölgan köp millatli korxonalar guruhi a’zolariga nisbatan qöllanilmaydi.
Bunday köp millatli korxonalar guruhi a’zosi bölgan Moliya markazining iştirokçisi malakali içki minimal soliq tölaş majburiyatiga ega böladi. Malakali içki minimal soliq stavkasi Özbekiston qonunçiligi böyiça yuridik şaxslardan undiriladigan foyda soliği stavkasiga teng böladi.
Viza rejimi
Moliya markazida faoliyatni amalga oşiriş uçun Özbekistonga kelayotgan çet el fuqarosi va fuqaroligi bölmagan şaxs kiriş vizasini Özbekistonning diplomatik vakolatxonalarida yoxud Özbekiston hududidagi xalqaro aeroportga yetib kelganidan keyin olişi mumkin.
Moliya markazining şaxsi hisoblangan çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslarga kiriş vizasi 5 yilgaça muddatga beriladi. Bu muddat tegişli şaxs Özbekistondan taşqariga çiqmasidan turib Moliya markazi ma’muriyati bergan arizaga binoan uzaytirilişi mumkin.
Moliya markazining iştirokçilari va organlari malakali çet el fuqarolarini va fuqaroligi bölmagan şaxslarni ular uçun Özbekiston hududidagi mehnat faoliyati huquqiga doir tasdiqnoma olmasdan işga jalb etişi mumkin.
Moliya markazining iştirokçilari yoki uning organi tomonidan yollangan va asosiy iş joyi Moliya markazi bölgan çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslar Özbekistonda işlaş uçun mehnat ruxsatnomasini oliş majburiyatidan ozod qilinadi.
Toşkent xalqaro tijorat sudi
Toşkent xalqaro tijorat sudi Moliya markazining sud organi hisoblanadi va u mutlaq sud hokimiyatini mustaqil ravişda, uşbu Konstitutsiyaviy Qonunga muvofiq amalga oşiradi.
Toşkent xalqaro tijorat sudi öz yurisdiksiyasiga kiruvçi nizolarni sud tartibida hal etiş va sud ma’muriyatçiligi böyiça mutlaq vakolatlarga ega böladi.
Toşkent xalqaro tijorat sudi öz vakolatlarini amalga oşirişda mustaqil va xolis faoliyat yuritadi hamda unga körsatmalar berilişiga yoki uning faoliyatiga har qanday tarzda aralaşişga yöl qöyilmaydi.
Toşkent xalqaro tijorat sudi öz vakolatlarini amalga oşirişda öziga murojaat qilgan barça şaxslarning huquqlarini, erkinliklarini va qonuniy manfaatlarini himoya qiladi hamda Moliya markazida va Raqamli texnologiyalar xalqaro markazida qöllaniladigan huquqning lozim darajada talqin qilinişini, tuşunilişini va qöllanilişini ta’minlaydi.
Toşkent xalqaro tijorat sudi birinçi instansiya sudi va apellyatsiya sudidan iborat.
Toşkent xalqaro tijorat sudiga Boş sudya rahbarlik qiladi. Boş sudya Moliya markazi kengaşining taqdimnomasiga binoan, sudyalar esa Boş sudyaning taqdimnomasiga binoan Özbekiston prezidenti tomonidan tayinlanadi.
Har qanday davlat fuqarosi Toşkent xalqaro tijorat sudining sudyasi bölişi mumkin. Sudyalarning mehnatiga haq tölaş miqdori va xizmat ötaşning boşqa şartlari Boş sudya tomonidan kiritilgan taklif asosida Moliya markazi kengaşining qarori bilan belgilanadi.
Ingliz tili – rasmiy til
Moliya markazining rasmiy tili ingliz tili hisoblanadi.
Moliya markazining qarorlari ingliz tilida işlab çiqiladi, qabul qilinadi va e’lon qilinadi. Moliya markazi qarorlarining özbek tilidagi yoki boşqa tillardagi rasmiy tarjimalari tayyorlanişi mumkin, bunda qarorning ingliz tilidagi matni rasmiy tarjimaga nisbatan ustuvorlikni saqlab qoladi.
Moliya markazi organlarining jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlariga javoblari, şu jumladan ularga ilova qilinadigan har qanday hujjatlar ingliz tilida taqdim etiladi. Agar murojaat özbek tilida yoki boşqa tilda berilgan bölsa, javob öşa tilda taqdim etilişi mumkin.
Toşkent xalqaro tijorat sudida sud işlari ingliz tilida yuritiladi. Tarafning iltimosnomasiga köra, özbek tilidagi yoki boşqa tillardagi tarjimalar taqdim etiladi.
Moliya markazida amalga oşiriladigan va yozma şaklda rasmiylaştiriladigan bitimlar, agar taraflar tomonidan boşqaça tarzda kelişilmagan bölsa, ingliz tilida tuziladi.
Moliya markazining har bir qarori kuçga kirguniga qadar Moliya markazi qarorlarining rasmiy reyestrida omma uçun oçiq tarzda e’lon qilinişi şart. Moliya markazining rasmiy reyestrda ingliz tilida çop etilmagan qarori yuridik kuçga ega bölmaydi.
Moliya markazining muhim ahamiyatga ega qarori qabul qilinguniga qadar jamoatçilik muhokamasidan ötkazilişi şart. Şoşilinç holatlarda muhim ahamiyatga ega qarorlar jamoatçilik muhokamasisiz qabul qilinişi mumkin, bunda qaror qabul qilingan kundan e’tiboran 60 kun içida jamoatçilik muhokamasi ötkazilişi şart.