«Xavfsiz va soğlom yurt» keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Davlat xavfsizlik xizmati Toşkent şahar boşqarmasi hamda poytaxt IIBB xodimlari hamkorligida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarşi qator tezkor tadbirlar ötkazildi.
Dastlabki holatda Bektemir tumani hududida harakatlanayotgan Gentra rusumli avtomaşina töxtatilib tekşirildi. Avtomaşinada Yaşnobod tumanida yaşovçi, 1998 yilda tuğilgan ikki nafar fuqaro bölgan. Tekşiruv çoğida transport vositasi salonidan bir neçta zip-paketlarga qadoqlangan oç sariq rangli kukunsimon moddalar topildi.

Tezkor tadbir davomida gumonlanuvçilar avvaldan yaşirib qöygan xufiya joy hamda ijaraga olgan xonadon közdan keçirildi. U yerdan ham kukunsimon moddalar, elektron tarozilar va giyohvandlik vositalarini qadoqlaşda foydalaniladigan anjomlar aniqlandi.
Ekspertiza xulosasiga köra, musodara qilingan moddalar 1,2 kilogramm geroin va 100 gramm mefedron ekani tasdiqlangan. Ma’lum qilinişiça, mazkur ikki şaxs ham muqaddam giyohvandlik vositalari bilan boğliq jinoyatlari uçun sudlangan.
Yana bir tezkor tadbirda Şayxontohur tumanida yaşovçi, 1982 yilda tuğilgan, muqaddam sudlangan fuqaroning yaşaş xonadonidan 47 gramm gaşiş va 34 gramm opiy musodara qilindi.
Tergov harakatlari davomida uni narkotik moddalar bilan ta’minlab kelgani gumon qilinayotgan Olmazor tumanida yaşovçi 1980 va 1985 yillarda tuğilgan ikki nafar fuqaro ham uşlandi. Ularning avtomaşinalari va yaşaş xonalari tekşirilganda, 1,8 kilogramm gaşiş hamda 12 gramm opiy aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylaştirib olindi.
Har ikki holat yuzasidan gumonlanuvçilarga nisbatan jinoyat işlari qözğatilgan. Ayni paytda tergov harakatlari davom etmoqda.













