“Toşkent-Aero” ixtisoslaştirilgan bojxona kompleksi xodimlari huquqni muhofaza qiluvçi boşqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda giyohvandlik vositalarini Özbekistonga olib kirişga uringan şaxslar töxtatib qoldilar.

Jumladan, "Toşkent xalqaro aeroporti" çegara bojxona postida Bangkokdan uçib kelgan va bojxonadan “yaşil” yölak orqali harakatlangan yölovçilardan biri şubha ostiga olinib, uning qöl yuki va bagajlari bojxona körigidan ötkazilganida uşbu şaxs bagajida 4,8 kg.dan ziyod oğirlikdagi “marixuana” giyohvandlik vositasini olib kirişga uringani foş böldi.

Pxuketdan uçib kelgan qöşni davlat fuqarosiga tegişli bagajni közdan keçiriş davomida esa yuklar orasidagi qadoqlangan quruq sut mahsulotlari bojxona xodimlarining diqqatini tortdi.

Markaziy bojxona laboratoriyasida ötkazilgan ekspertiza natijalariga köra, mazkur qadoqlar içidagi modda quruq sut emas, 7 kg. 180 gr. oğirlikdagi “mefederon” sintetik giyohvandlik vositasi ekanligi aniqlandi.

U Telegram messenjeri orqali tanişgan noma’lum şaxsning körsatmasiga asosan mazkur sintetik narkotiklarni 1000 AQŞ dollari evaziga Toşkent şahriga yetkazib beriş uçun olib kelgani ma’lum böldi.

Uşbu holatlar yuzasidan jinoyat işlari qözğatildi.