18 iyul kuni 58-Xalqaro kimyo olimpiadasining tantanali taqdirlaş marosimi bölib ötdi. Unda Özbekistondan iştirok etgan öquvçilarning barçasi sovrinli örinlarni egalladi. Xususan:
- Rayhona Tuymurodova — oltin medal;
- Jasur Mustafoyev — kumuş medal;
- Azizmuhammad Hafizov — kumuş medal;
- Mirjalol Homidjonov — kumuş medalni qölga kiritdi.
Ma’lumot örnida, prezidentning 2024 yil 30 sentabrdagi tegişli qaroriga muvofiq, nufuzli xalqaro olimpiadalarda erişgan medallar uçun özbekistonlik iştirokçilar uçun quyidagi pul mukofotlari berilişi közda tutilgan:
- oltin medal uçun — 1 mlrd. 30 mln. söm, öqituvçisiga — 185,4 mln. söm;
- kumuş medal uçun — 618 mln. söm, öqituvçisiga — 103 mln. söm;
- bronza medal uçun — 412 mln. söm, öqituvçisiga — 61,8 mln. söm.
Şuningdek, mazkur olimpiada ğoliblarini sinovlarga tayyorlagan öqituvçilarning malaka toifasi bir poğona kötarilişi belgilangan.













