Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi ma’lum qilişiça, 2026–2027 öquv yili uçun davlat umumta’lim maktablarining 1-sinfiga qabul jarayonlari izçil davom etmoqda.
20 iyul holatiga köra, respublika böyiça jami 600 065 nafar bola 1-sinfga qabul qilingan. Şundan 322 944 nafari onlayn, 277 121 nafari esa an’anaviy tartibda hujjat topşirgan.
Joriy öquv yilida mamlakatning 135 ta tuman va şahridagi 5 690 ta davlat umumta’lim maktabida qabul jarayonlari onlayn şaklda taşkil etilmoqda. Bu respublikadagi barça umumta’lim maktablarining qariyb 60 foizini taşkil qiladi.
Vazirlikning eslatişiça, mikrohudud doirasidagi 1-sinfga qabul jarayonlari joriy yilning 31 iyuliga qadar davom etadi.
Qabul jarayonlari yuzasidan qöşimça savollar yuzasidan fuqarolar Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligining rasmiy Telegram boti orqali murojaat qilişlari mumkin.








