Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi ma’lum qilişiça, ikkinçi bosqiçda qabul jarayoni töliq elektron tizim orqali amalga oşiriladi. Avval birinçi bosqiçda yuborilgan arizani bekor qiliş yoki öçiriş talab etilmaydi - yangi ariza avvalgisiga boğliq bölmagan holda qabul qilinadi.

Ariza topşiriş uçun ota-onalar my.gov.uz portalidagi «1-sinfga qabul» xizmatiga kirib, farzandini tanlaşi va qabul jarayonini qayta boşlaşi kerak. «Ariza topşirişning hududiy darajasi» qismida «Tuman doirasida qabul» bandi tanlansa, tizim mikrohududdan taşqaridagi maktablarni köriş imkonini beradi.

Şundan söng böş örinlari mavjud maktab tanlanadi va ariza tasdiqlanadi. Ariza qabul qilingaç, tizim avtomatik tarzda hujjatlarni topşiriş vaqti va sanasini belgilaydi hamda bu haqda ariza beruvçiga xabarnoma yuboradi.

Mas’ullar eslatişiça, ikkinçi bosqiç böyiça ijobiy javob olinganidan keyin farzandning hujjatlari yangi tanlangan maktabga şaxsan borib topşirilişi şart.