Adliya vazirligi Barqaror tokenlar aylanmasini tartibga solişning maxsus huquqiy rejimini taqdim etiş tartibi töğrisidagi nizomga kiritilgan özgartişlarni davlat röyxatidan ötkazdi.
Yangi tartibga muvofiq, maxsus huquqiy rejim doirasida davlat qimmatli qoğozlari bilan ta’minlangan barqaror tokenlarni çiqarişga ruxsat beriladi. Bunda ta’minot sifatida Markaziy bankdagi alohida hisobvaraqda zaxiraga qöyilgan milliy yoki xorijiy valyutadagi mablağlar, şuningdek emitentga tegişli hamda Markaziy depozitariy tomonidan Markaziy bank foydasiga bloklangan davlat qimmatli qoğozlaridan foydalaniladi.
Hujjatga köra, emitent bloklangan davlat qimmatli qoğozlari böyiça daromad oliş huquqini saqlab qoladi. Davlat qimmatli qoğozlari uçun depo hisobvaraqlarini oçiş, ularni bloklaş va blokdan çiqariş depozitar operatsiyalar hisobini yuritiş qoidalariga muvofiq amalga oşiriladi.
Şuningdek, alohida hisobvaraqdagi mablağlar qoldiği va bloklangan davlat qimmatli qoğozlarining nominal qiymati muomaladagi barça tokenlarning umumiy nominal qiymatidan kam bölmasligi şart. Barqaror tokenlarni ta’minlaş uçun kredit mablağlari, garovga qöyilgan aktivlar yoki boşqa jalb qilingan mablağlardan foydalanişga yöl qöyilmaydi.
Ma’lumot uçun, barqaror token - qiymati milliy yoki xorijiy valyutaning nominal qiymatiga boğlangan ta’minlangan kripto-aktiv turi hisoblanadi.








