Adliya vazirligi «Barqaror tokenlar aylanmasini tartibga solişning maxsus huquqiy rejimini taqdim etiş tartibi töğrisida»gi idoraviy hujjatni davlat röyxatidan ötkazdi.
Barqaror token (steyblkoin) qiymati milliy yoki xorijiy valutaning nominal qiymatiga teng bölgan token (kripto-aktiv) turi hisoblanadi.
Maxsus rejim doirasida Özbekiston rezidenti bölgan yuridik şaxslar barqaror tokenlarni çiqarişi mumkin.
Maxsus rejim doirasida quyidagi tajriba-sinov loyihalari amalga oşirilişi mumkin:
- milliy va (yoki) xorijiy valuta bilan ta’minlangan barqaror tokenlarni çiqariş;
- Özbekiston hududida barqaror tokenlardan tölov vositasi sifatida foydalaniş;
- xalqaro ötkazmalarni amalga oşiriş uçun barqaror tokenlardan foydalaniş;
- blokçeyn texnologiyasi asosida faoliyat yurituvçi tölov tizimlarini yaratiş.
Barqaror tokenlarni çiqariş uçun ta’minot sifatida faqat Markaziy bankdagi alohida hisobvaraqda zaxiraga qöyilgan milliy va (yoki) xorijiy valutadagi pul mablağlaridan foydalanilişi lozim.
Barqaror tokenlarga ta’minotni şakllantiriş uçun kredit yoki garovga olingan mablağlar yoxud boşqa jalb qilingan mablağlardan foydalanişga yöl qöyilmaydi.
Arizaçilar tomonidan taqdim etilgan ariza va hujjatlarni körib çiqiş hamda maxsus rejim iştirokçisini röyxatdan ötkaziş bepul amalga oşiriladi.












