- Trampning tahdidi Eronni ortga çekinişga majbur qiladimi yoki yanada keskinlaştiradimi, keskinlaştirsa buni modellaştiriş mumkinmi?

Hamza Boltayev: AQŞ va Eron örtasidagi bugungi qarama-qarşilikning xarakteri sezilarli darajada özgardi. Dastlab bu mojaro AQŞ va Isroilning Eronga qarşi harbiy harakatlari sifatida namoyon bölgan bölsa, hozir asosiy harbiy yukni AQŞning özi zimmasiga olmoqda. Hozirgi bosqiçning eng muhim jihati şundaki, har ikki tomon eskalatsiyani öz maqsadlariga erişiş vositasi sifatida körmoqda.

AQŞ uruş boşida öz zarbalarini Eronning yadroviy va raketa dasturlarini izdan çiqariş bilan izohlagan bölsa, bugungi kunda rasmiy bayonotlarda asosiy e’tibor Eronning Hörmuz böğozini yopiş imkoniyatini çeklaş, uning harbiy, razvedka va strategik infratuzilmasini zaiflaştirişga qaratilganini ta’kidlamoqda. Biroq amaliy natijalarga qaralsa, Eron AQŞ zarbalari ortidan keskin zaiflaşayotgani kuzatilmayapti. Aksinça, deyarli har bir hujumga javob qaytarişga urinmoqda va bu orqali özining harbiy imkoniyatlari saqlanib qolayotganini namoyiş etmoqda.

Eronlik harbiy mutaxassislarning da’vo qilişiça, ayrim ballistik raketalar nişonga yaqinlaşganda parvoz yönalişini özgartiriş imkoniyatiga ega. Agar bu da’volar amalda tasdiqlansa, an’anaviy ballistik trayektoriyaga möljallangan havo mudofaa tizimlari uçun bunday raketalarni tutib qoliş ança murakkablaşadi. Bu esa Eronga Fors körfazi davlatlari uçun hayotiy ahamiyatga ega bölgan suvni çuçuklaştiriş inşootlariga tahdid soliş imkoniyatini beradi. Tehron aynan şunday salohiyati mavjudligini namoyiş etişga urinmoqda.

Boşqa tomondan, AQŞ avvalroq Eron belgilangan muddat içida taslim bölmasa, fuqarolik infratuzilmasiga zarbalar berilişi mumkinligini ham istisno qilmagandi. Ammo bunday ssenariy amalga oşmadi. Ayrim tahlilçilarga köra, bunga Fors körfazi arab davlatlarining pozitsiyasi ta’sir körsatgan bölişi mumkin. Ular Eronning javob beriş imkoniyatlari saqlanib qolganini va mintaqadagi energetika hamda strategik ob’yektlar xavf ostida qolişi mumkinligini Vaşingtonga yetkazgan bölişi ehtimoldan xoli emas.

Natijada Eron nafaqat öz harbiy salohiyati saqlanib qolganini, balki zarurat tuğilganda undan foydalanişga tayyor ekanini ham namoyiş etişga urinmoqda. Aynan şu omil ayrim arab davlatlarini AQŞni yanada ehtiyotkor harakat qilişga undagan bölişi mumkin.

Kamoliddin Rabbimov: AQŞ Fors körfazi atrofidagi harbiy bazalaridan muhim texnika va jihozlarning bir qismini Isroil hududiga köçirgan. Bu Vaşingtonning ehtimoliy xavflarga tayyorgarlik körayotganini körsatadi. Bugun tarqalgan ma’lumotlarga köra, AQŞning B-1 strategik bombardimonçi samolyotlari Eron yaqinidagi hududlarda parvozlarni amalga oşirmoqda. B-1 uzoq masofaga uça oladigan strategik bombardimonçi bölib, katta hajmdagi qurol-yaroğni taşiş imkoniyatiga ega.