Qori-Niyoziy va Niyozbek yöli köçalari çorrahasida 26 iyul soat 08:00 dan 28 iyul soat 18:00 gaça transport harakati qisman çeklanadi.

Bu haqda Mirzo Uluğbek tumani hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilişiça, 2026–2027 yillar kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik dasturi doirasida Qori-Niyoziy köçasidagi issiqlik kameralarini boğlovçi issiqlik tarmoqlari almaştirilmoqda.

“Mazkur hududdagi amaldagi issiqlik quvurlari yer ostida taxminan 8 metr çuqurlikda joylaşgani sababli, yangi issiqlik tarmoqlari loyihaga muvofiq ularning ustki qatlamidan yotqizilmoqda”, deyiladi xabarda.

Tuman hokimligining bildirişiça, quriliş-montaj işlarini qisqa muddatda va sifatli yakunlaş maqsadida işlar ikki smenada uzluksiz olib boriladi, haydovçilar uçun aylanma yöllar va tegişli yöl belgilari örnatiladi.

Quvurlar yotqizilgaç, yöl qoplamasi tezkor ravişda tiklanib, transport harakati töliq qayta yölga qöyilişi aytilmoqda.