«Dunyo» axborot agentligi xabariga köra, BAAning Allied Biofuels va DEEM Engineering kompaniyalari bilan Tuproqqal’a tumanida bioyonilği işlab çiqarişni yölga qöyiş böyiça kelişuv imzolangan.

Umumiy qiymati 6,1 mlrd dollarni taşkil etuvçi loyiha töğridan töğri xorijiy investitsiyalar hisobidan amalga oşiriladi. Jöxori poyasini vodorod aralaşmasi texnologiyasi orqali qayta işlaş uçun Xorazm viloyatida 6 ming gektar yer ajratilgan.

Işlab çiqarişni 2030 yilning uçinçi çoragida yölga qöyiş rejalaştirilgan. Korxonada yiliga 110 ming tonna aviatsiya yonilğisi, 300 ming tonna elektroaviatsiya yonilğisi va 5 ming tonna «yaşil dizel» işlab çiqariş közda tutilgan.

Bundan taşqari, Allied Biofuels Urganç şahrida qiymati 250 mln dollar bölgan beş yulduzli mehmonxona hamda 160 mln dollarlik, 300 örinli zamonaviy klinika qurişni rejalaştirmoqda.

DEEM Engineering boş direktori Muhammad Alfalasi Özbekistondagi investitsiya muhiti va «yaşil iqtisodiyot»ga qaratilayotgan e’tibor uşbu yirik loyihani amalga oşiriş uçun zamin yaratganini ta’kidlagan.