20-avgust kuni Yaqin Şarqqa Amerikaning «Jorj Vaşington» nomli aviataşuvçisi yetib keldi. U mintaqaga yanvar oyida – AQŞ va Isroilning Eronga qarşi hujumi boşlanişidan oldinroq kelgan «Avraam Linkoln» aviataşuvçisidan jangovar navbatçilikni qabul qilib oldi. «Linkoln» AQŞning Eronga qarşi barça harbiy amaliyotlarida iştirok etdi. U jami 250 kundan ortiq vaqt mobaynida navbatçilik qildi va va dengizda uzluksiz böliş davomiyligi böyiça avvalgi rekordni yangiladi. Dengizçilarning yaqinlari kemadagi şaroit juda oğir ahvolga kelib qolganini aytib berişgan. Oğir mehnat, antisanitariya, şuningdek, oziq-ovqat va dam oliş yetişmasligi tufayli ekipaj aʼzolarining ruhy holati keskin yomonlaşgan, baʼzilar bortdan sakrab, joniga qasd qilişga uringan.
«Avraam Linkoln» (Abraham Lincoln) aviataşuvçisi xizmatni 2025-yil noyabrida boşlagan (öşanda u Venesuela sohillari yaqiniga yuborilgandi). 2026-yil yanvarida uni Yaqin Şarqqa olib kelişdi, 28-fevral kuni esa AQŞ va Isroil Eron böylab zarba berişga kirişdi. Harbiy kema Eron pozitsiyalarini bombalaş va portlarini bloklaş böyiça kampaniyalarda iştirok etdi.
Dastlab qisqa muddatli kampaniya sifatida rejalaştirilgan Yaqin Şarqdagi uruş yarim yildan ortiq vaqtga çözildi. Bu vaqt davomida aviataşuvçi dengizda qoldi va ekipaj aʼzolari (uning umumiy soni beş mingga yaqin) oğir şaroitlardan, jumladan, oziq-ovqat yetişmasligi va antisanitariya holatlaridan şikoyat qila boşladi.
Iyul oyida «Linkoln» dengizda uzluksiz böliş böyiça 207 kunlik nuqtadan ötdi va bu borada 2020-yilgi pandemiya çoğida «Duayt Eyzenhauer» aviataşuvçisi tomonidan örnatilgan rekordni yangiladi.
«Linkoln»ning butun navbatçilik davridagi portga yagona kirişi Yaqin Şarqqa jönaşdan oldin, 11–12-dekabr kunlari qayd etilgandi. Harbiy dengizçilikka ixtisoslaşgan Stars & Stripes naşriga köra, odatda, aviataşuvçi ekipaji aʼzolari har 30-45 kunda portga kiriş imkoniyatiga ega böladi, lekin operativ vazifalar bu taqvimni buzişi mumkin.
Operatsiyalarning yuqori surʼati, katta zöriqiş va dam oliş yöqligi dengizçilarning ahvoliga taʼsir körsatgan. «Bizning ruhiy salomatligimiz va jismoniy holatimiz xavf ostida. Bizga yordam kerak», – deb yozgandi iyul oyida dengizçilardan biri öz oilasiga yöllagan maktubida. Jamoaning boşqa aʼzolari ham toliqişdan şikoyat qilişgan. Bundan taşqari, dengizçilar gigiyena vositalari yetişmasligi, şuningdek, işlamaydigan hojatxonalar, moğor bosgan duşxonalar va uzoq vaqt davomida issiq suv bölmagani haqida hikoya qilişgan.




















