Boş prokuratura huzuridagi departamentning Samarqand tumani bölimi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda tuman soğliqni saqlaş bölimi markaziy şifoxonasi bölim şifokori I.A. fuqaro S.E.ni 2-guruh nogironlik nafaqasiga çiqariş va hujjatlarini rasmiylaştirib beriş evaziga 5 million sömni firibgarlik yöli bilan olgani aniqlangan. Mazkur mablağning qaytarilişi protsessual tartibda rasmiylaştirilgan.
Şuningdek, Departamentning Boğot tumani bölimi tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda Hazorasp tuman tibbiyot birlaşmasi şifokori K.B. fuqaro N.A.ni göyoki yuqori lavozimda işlovçi tanişlari orqali 2-guruh nogironlik nafaqasiga çiqarib berişni va’da qilgan. U kelişilgan 300 AQŞ dollari evazidagi mablağning 3,6 million sömini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) hamda 28, 211-moddalari (pora beriş) bilan jinoyat işlari qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.







