Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Fiskal tahlillar instituti 30 iyul kuni ötkazilgan Fiskal muloqotda 2027 yil uçun möljallanayotgan soliq siyosatining asosiy yönalişlari yuzasidan işlab çiqilgan takliflarni jamoatçilik muhokamasiga taqdim etdi.

Institutning Yaşirin iqtisodiyot, soliq va bojxona ma’murçiligini tahlil qiliş boşqarmasi boş mutaxassisi Fazliddin Şamsiyevga köra, bildirilayotgan takliflar institut mutaxassislari tomonidan olib borilgan tadqiqotlar asosida işlab çiqilgan.

Bazaviy soliq stavkalari saqlab qolinişi taklif etildi

Institut hisob-kitoblariga köra, 2027 yilda bazaviy soliq stavkalarini özgartirmaslik maqsadga muvofiq. Şunga köra:

  • foyda soliği - 15 foiz;
  • jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliği - 12 foiz;
  • qöşilgan qiymat soliği - 12 foiz miqdorida saqlab qolinişi taklif qilinmoqda.

Şuningdek, qat’iy belgilangan soliq stavkalarini inflyatsiya darajasida, taxminan 5–6 foizga indeksatsiya qiliş hamda ularni kamida uç yil oldin e’lon qilib boriş tavsiya etilyapti.

Daromad soliğiga progressiv şkala

Institut örta muddatli istiqbolda jismoniy şaxslar daromad soliğini progressiv şkala asosida undiriş tizimiga ötişni ham taklif qilmoqda.

Mutaxassislarning fikriça, 2019 yildan beri amal qilayotgan yagona 12 foizlik stavka daromadlar ösib borayotgan şaroitda soliq adolatliligi tamoyillariga töliq javob bermay qolmoqda.

Bank omonatlaridan olinadigan foizlarga 5 foizlik soliq taklif qilindi

Vazirlik huzuridagi institut yana bir muhim taklif sifatida bank omonatlaridan olinadigan foiz daromadlarini soliqqa tortişni ilgari surdi. Ma’lumotlarga köra, 2026 yil 1 may holatiga jismoniy şaxslarning banklardagi omonatlari hajmi 170 trillion sömni taşkil etgan. Markaziy bank ma’lumotlariga köra, omonatlar böyiça örtaça foiz stavkasi 16 foiz. Institut uşbu foiz daromadlarini dividendlar kabi 5 foizlik stavkada soliqqa tortişni taklif qilmoqda.

Hisob-kitoblarga köra, bu davlat byudjyetiga qöşimça 1,4 trillion söm daromad keltirişi mumkin. Mutaxassislar aksariyat rivojlangan davlatlarda bank omonatlaridan olinadigan daromadlar soliqqa tortilişini ham misol qilib keltirdi.