Boşqarma ma’lumotiga köra, Toşkent şahrida faoliyat yuritayotgan 57 ta çömiliş havzasi muntazam sanitariya-epidemiologik nazoratdan ötkazilmoqda. Tasdiqlangan reja asosida har oy suv namunalari bakteriologik va sanitariya-gigiyenik körsatkiçlar böyiça laboratoriya tekşiruvidan ötkaziladi.

Joriy yil davomida çömiliş havzalaridan 1 044 ta suv namunasi tahlil qilingan. Sanitariya talablariga javob bermagani aniqlangan 7 ta mavsumiy çömiliş havzasida suv töliq almaştirilib, yuviş va zararsizlantiriş işlari bajarilgan.

Şuningdek, boşqarmaga çömiliş havzalarida çömiliş oqibatida zaharlaniş yoki yuqumli kasalliklar bilan boğliq birorta ham şoşilinç xabarnoma kelib tuşmagani qayd etildi.

Sanepidqömita fuqarolarni ijtimoiy tarmoqlardagi tasdiqlanmagan ma’lumotlarga işonmaslikka, ularni tarqatmaslikka va faqat rasmiy manbalar orqali e’lon qilinadigan axborotlarga tayanişga çaqirdi.