Trikotaj mahsulotlari işlab çiqarişdagi körsatkiçlari va eksport salohiyati bilan respublikada birinçilardan bölib kelgan “Samo” brendi egasi hisoblangan “Nil granit” MÇJ öziga tayyor ip-kalava yetkazib beruvçi hamkori bölgan “Chiroqchi klaster” MÇJning bank oldidagi 75,8 mlrd sömlik qarzdorligi böyiça kafil bölgan, bu haqida kafillik şartnomasi tuzilgan.

Ammo oradan vaqt ötib, klasterning işlari orqaga keta boşlaydi va kredit majburiyatlarini bajarolmay qoladi. Keyinçalik bank va klaster örtasidagi kredit şartnomasi kafil (“Nil-granit”)ning roziligisiz özgartirilib, foydalaniş muddati uzaytiriladi va foiz stavkalari oşiriladi.

Kafilning roziligi olinmagani yetmaganday, kafillik şartnomasiga özgartirişlar kiritiş haqidagi qöşimça kelişuv kafil - “Nil Granit” MÇJ ijroçi direktori va boş hisobçi tomonidan imzolanmagan, balki ularning imzosi va jamiyat muhri qalbakilaştirilgan. Bu Qaşqadaryo viloyat IIB ekspert kriminalistika markazi xuloasasi bilan tasdiqlangan.

Şundan keyin holat yuzasidan Qarşi şahar IIBda 2025 yil 5 may kuni jinoyat kodeksining 228-moddasi, ikkinçi qismi “b” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Jinoyat işi şu yili 5 avgustda “şaxsni javobgarlikka tortiş muddati ötgan” degan asos (JPKning 84-moddasi birinçi qismi 1-bandi) bilan harakatdan tugatilgan.

Qarşi şahar prokurori işni nazorat tartibida örganib, 2026 yil 21 aprelda jinoyat işini tugatiş töğrisidagi qarorni bekor qilgan va işni qöşimça tergov olib boriş uçun tergovga qaytargan.

“Şundan buyon jinoyat işi bir yeçimini topgani yöq, tergov sust ketmoqda, prokuratura yetarli nazorat qilmayapti, aybdorlar jazosiz qolmoqda, bu esa bizning muammolarimizni yanada oğirlaştirmoqda” deydi “Samo” vakili.

Kompaniya uşbu holatda Fuqarolik kodeksining 298-moddasi talabi qöllanilişi kerak deb hisoblamoqda. Unga köra kafillik bilan ta’minlangan majburiyat kafilning roziligisiz javobgarlikning oşişiga yoki uning uçun noqulay oqibatlarga olib keladigan tarzda özgartirilgan taqdirda kafillik bekor bölişi belgilangan.

Özbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Özbekiston Respublikasi Oliy xöjalik sudi Plenumining 2006 yil 22 dekabrdagi “Kredit şartnomalaridan kelib çiqadigan majburiyatlar bajarilişini ta’minlaş töğrisidagi fuqarolik qonun hujjatlarini qöllaşning ayrim masalalari haqida”gi 13/150-sonli Qöşma Qarorining