Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.
Tramp: «Hamas qurolsizlanadi»
AQŞ prezidenti Donald Tramp vositaçilar va Hamas yetakçilari örtasida bölib ötgan muzokaralar Ğazoda qurolsizlaniş böyiça kelişuvga olib kelganini ma’lum qildi. Biroq Hamas rasmiysi kelişuvni «qoralama» deb atadi.
«Bugun Tinçlik kengaşi Hamas va Ğazodagi boşqa barça qurolli guruhlarni TÖLIQ QUROLSIZLANTIRIŞ böyiça TARIXIY kelişuvga erişdi», deb yozdi Tramp. U qurolsizlaniş bosqiçma-bosqiç amalga oşişini qöşimça qildi.
Trampning sözlariga köra, bu kelişuv Ğazoning «Tinçlik kengaşi» deb ataluvçi tuzilma bilan hamkorlik qiladigan yangi hukumat boşqaruvi olib boradi.
Hamasdagi manbaning Reuters’ga ma’lum qilişiça, «kelişuv qoralama»sida oğir qurollar faqat Falastin ma’muriyati nazorati ostida saqlanişi va ularni Isroilga ötkazib beriş mumkin emasligi belgilangan.
«Biz Isroil Ğazo sektoridan olib çiqib ketilmagunça, qurolsizlaniş böyiça heç qanday çora körmaymiz», dedi Hamas muzokaralar guruhi a’zosi Ğoziy Hamad Al Jazeera'ga.
Isroilning Vaşingtondagi elçixonasi Trampning bayonotiga izoh bermadi. Payşanba kuni AQŞ rasmiysi jurnalistlarga Isroil - «Hamasning qurolsizlanişiga juda şubha bilan qarayotganini» aytgandi. Manbaga köra, Trampning bayonotidan oldin Isroil uşbu taklifni rad etgan.
Jarayon qança davom etişi haqida ham savollar yuzaga kelmoqda. Tinçlik kengaşi rasmiysi bu taxminan 200 kundan 320 kungaça vaqt olişini aytdi.
Muzokaralarda iştirok etayotgan diplomatning aytişiça, reja tunnellar, qurol zaxiralari va qurol işlab çiqariş ob’yektlarini yöq qilişni öz içiga oladi. U jarayon oxiriga borib Ğazoda Hamasning heç qanday infratuzilmasi qolmasligini ta’kidladi.
Ammo hozirgaça Ğazodagi mavjud real vaziyat kelişuv maqsadlaridan ança yiroq. Hamas Isroilning Ğazoga hujumlarni töxtatiş böyiça majburiyat olişini va öz qöşinlarini olib çiqib ketişini xohlaydi. Yengil yoki şaxsiy qurollar masalasi nima bölişi, şuningdek, Hamasning yangi pozitsiyasi Isroil yoki Tinçlik kengaşi tomonidan qabul qilinadimi-yöqmi, hozirça aniq emas.
Ispaniyada muhojirlar tölqini











