Ispaniyada poyezdlar töqnaşuvi

Ispaniyada bu yil ikkinçi marta yirik poyezd halokati yuz berdi. 28-oktabr kuni Madriddan janubda, Toledo şahri yaqinida tezyurar poyezd yölda töxtab turgan boşqa poyezdga borib urildi.

Halokatda kamida 68 kişi halok böldi, 80 kişi jarohat oldi. Ularning 15 nafari oğir ahvolda. Töqnaşuv paytida töxtab turgan Iryo poyezdida 147, unga kelib urilgan Renfe poyezdida esa 397 yölovçi bölgan. Kamida uçta vagon temiryöl kötarmasidan pastga qulab tuşgan. Qutqaruvçilar hamon vagonlar orasidan qurbonlarni qidirmoqda.

Ispaniya transport vazirining aytişiça, kompyuter aloqa tizimidagi uziliş sabab qizil signal yonib, harakat avtomatik ravişda töxtagan. Biroq şundan söng Renfe poyezdini yana yölga çiqariş haqida xato qaror qabul qilingan. Renfe öz poyezdi ruxsat olganidan keyin harakatni davom ettirganini maʼlum qildi. Temiryöl infratuzilmasi operatori esa hozirça izoh bermadi.

Ispaniya boş vaziri Pedro Sançes fojia tekşirilişini va aniqlangan kamçiliklar bartaraf etilişini maʼlum qildi.

«Tezyurar temiryöl tizimimizga işonçni tiklaş uçun xavfsizlikni yanada kuçaytiriş kerak bölsa, şunday qilamiz. Çunki Ispaniyadek mamlakat bir yilda ikkita tezyurar poyezd halokatini boşdan keçirişi qabul qilib bölmaydigan hol», dedi u.

2026-yil yanvarda xuddi şu yönalişda, şu kompaniyalarning poyezdlari iştirokidagi halokatda 46 kişi halok bölgandi. Öşanda poyezd izdan çiqib, qarama-qarşi tomondan kelayotgan poyezdga urilgan.

Putin: «Mask – haqiqiy daho»

Rossiya AQŞning Starlink tizimiga muqobil sunʼiy yöldoş internetini yaratişga kirişdi, biroq bu borada hali ança ortda qolmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin 28-oktabr kuni buni tan olib, Ilon Maskni daho deb atadi.

Putin Moskvadagi Rossiya-Afrika sammiti doirasida raqamli rivojlaniş vaziri taqdimotini tingladi. Vazir Rossiya «Rassvet» loyihasi doirasida 30 dan ortiq sunʼiy yöldoş uçirganini maʼlum qildi.

«Bir daqiqa, şuni taʼkidlamoqçiman: bu bizning ilk qadamimiz. Ilon Mask daho, u haqiqiy daho», dedi Putin.

Putinning savoliga javoban vazir Maskning 5 mingdan ortiq sunʼiy yöldoşi işlayotganini aytdi. BBC'ga köra aslida bu raqam ança katta – Starlink tizimi 13 mingga yaqin sunʼiy yöldoş uçirgan.