Binance’ga hakerlar hujumi
Kriptovalyuta bozorida yirik hakerlik hujumi yuz berdi. 29-oktabr kuni dunyodagi eng yirik kriptobirja – Binance xavfsizlik tizimi buzilgani oqibatida taxminan 6,3 mlrd dollarlik zarar kördi. Tahlilçilar bu tarixdagi eng yirik kripto öğirlik bölişi mumkinligini aytmoqda.
Birjaning dastlabki tekşiruv natijalariga köra, hujum kompaniya muhandislaridan birining buzib kirilgan noutbugidan boşlangan bölişi mumkin. Şu orqali haker tizimlardan biriga kirib, ruxsatsiz mablağ yeçib olgan.
Binance hamkorlari bilan birga öğirlangan aktivlarni muzlatganini va hozirça ularning 3 mlrd dollari topilganini bildirdi. Qolgan 3,3 mlrd dollar taqdiri haqida esa maʼlumot berilmadi.
«Foydalanuvçilar mablağlari xavfsiz. Ehtiyot çorasi sifatida barça depozit va pul yeçiş operatsiyalari vaqtinça töxtatildi», deyiladi birja bayonotida. Binance hammuassisi esa kompaniya hakerlar yetkazgan barça zararni qoplaşini aytdi.
Hodisadan söng kripto bozorida narxlar tuşib ketdi. 30-oktabr kuni ertalab Osiyo savdolarida bitkoin 3 foizdan köproq arzonlab, sönggi olti haftadagi eng past darajaga – 76,3 ming dollarga tuşdi. Ethereum ham 3 foizdan ziyod qadrsizlandi.
Binance dunyo böylab 335 mln röyxatdan ötgan foydalanuvçiga ega. Maʼlumotlarga köra, 2025-yilda 150 ga yaqin turli hujumlarda hakerlar jami 2,9 mlrd dollarlik kriptovalyutani öğirlagan.
Rossiya-Ukraina uruşi
29-oktabr kuni Ukraina markazidagi Dnipro şahri temiryöl vokzaliga Rossiyaning reaktiv droni urildi. Oqibatda odam gavjum perronda kamida 14 kişi halok böldi. Viloyat rahbari sözlariga köra, yana 14 kişi, jumladan, 11 yoşli bola jarohatlangan.
Ukraina davlat temiryöl kompaniyasi xabariga köra, zarba paytida perronlardan birida janubdagi Zaporijjya şahriga ketayotgan yölovçi poyezdi turgan.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy AQŞ, Yevropa va G7 davlatlarini Rossiyaga qarşi yangi sanksiyalar joriy etişga çaqirdi. U oktabr oyida Tramp va Putin örtasida tuzilgan kelişuvni ham yana bir bor tanqid qildi.
Şu kuni Rossiya boşqa şaharlarga ham zarba berdi. Şimoldagi Çernihiv şahri markaziga uyuştirilgan raketa hujumida 15 yoşli ikki qiz öldirildi, kamida 25 kişi jarohatlandi. Poltava viloyatidagi Kremençuk şahrida esa turar joy binolari va maktabga urilgan dron hujumida uç kişi öldirildi, 28 kişi jarohatlandi.
















