Isroildagi saylov: ğolib yöq

Isroilda 27-oktabr kuni bölib ötgan parlament saylovida heç bir blok hukumat tuziş uçun yetarli örin ololmayapti.

Reuters’ning yozişiça, saylovda faollik 77,7 foizni taşkil etgan. Markaziy saylov komissiyasiga köra, bu 1999-yildan beri eng yuqori körsatkiç.

Ekzit-pollarga köra, Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahuning «Likud» partiyasi 27 örin bilan yetakçilik qilmoqda. Sobiq Boş ştab boşliği Gadi Ayzenkotning «Yaşar» partiyasi esa 20–22 örin olişi kutilmoqda. Biroq 120 örinli Knessetda Netanyahu bloki ham, Ayzenkot boşçiligidagi muxolifat ham 61 öringa yetmayapti. Arab partiyalarida rekord natija – 18–19 örin olişi mumkin.

Rasmiy sanoq davom etmoqda. Yakuniy natijalar bir neça kun içida maʼlum böladi.

Netanyahu «kuçli, öng, milliy hukumat» tuziş kerakligini aytdi. «Sionizmga qarşi arab partiyalariga tayanadigan hukumat tuzib, Isroilni xavf ostiga qöyiş mutlaqo mumkin emas», dedi u.

Ayzenkot esa xalq özgariş uçun ovoz berganini aytib, Netanyahuni isteʼfoga çiqişga çaqirdi.

Har ikki yetakçi arab partiyalari bilan hukumat tuzişni rad etgandi. Yakuniy natijalardan söng Isroil prezidenti partiyalar bilan maslahatlaşib, hukumat tuzişni bir nomzodga topşiradi. Buning uçun 42 kun muddat beriladi.

Yevropadan Putinga qönğiroq

Yevropa Ukrainadagi uruş böyiça muzokaralarda öz örnini topişga urinmoqda. 27-oktabr kuni Finlandiya prezidenti Aleksandr Stubb va Norvegiya boş vaziri Yonas Gar Styore Rossiya prezidenti Vladimir Putinga qönğiroq qilib, uni uruşni tugatişga çaqirdi.

Styorening aytişiça, suhbat 90 daqiqaça davom etgan. Şundan söng ikki rahbar Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan ham gaplaşgan. Ular bu taşabbusni noyabr oyida Abu-Dabida bölişi kutilayotgan Rossiya, Ukraina va AQŞ vakillari muzokarasi bilan boğladi. Bu tomonlarning fevral oyidan beri ilk uçraşuvi böladi.

«Biz Rossiyaga qöşni davlatlarmiz. Bu uruş natijasi bizning va butun Yevropa xavfsizligiga bevosita taʼsir qiladi», dedi Stubb.

Kreml bayonoti esa Putin pozitsiyasida yumşaş yöqligini körsatdi. Unga köra, adolatli va uzoq muddatli tinçlikka faqat Rossiyaning qonuniy manfaatlari töliq va sözsiz hisobga olinsagina erişiş mumkin.