Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tahlilida qayd etilişiça, aprel–may oylaridagi pasayişdan söng iyun oyida bozor yana tiklangan. Oy davomida 25 mingdan ortiq köçmas mulk oldi-sotdi bitimi rasmiylaştirilgan bölib, bu may oyiga nisbatan 23 foiz, 2025-yil iyuniga nisbatan esa 20,4 foiz köpdir.
Iyun oyida bitimlar soni respublikaning barça hududlarida oşgan. Oylik ösiş sur’atlari böyiça Buxoro (50,1 foiz), Navoiy (41,5 foiz) va Samarqand (31,8 foiz) viloyatlari yetakçilik qilgan. Eng past ösiş Xorazm (0,9 foiz), Toşkent viloyati (12,2 foiz) va Andijon viloyatida (17,9 foiz) qayd etilgan.

Yillik hisobda esa eng yuqori ösiş Toşkent şahrida kuzatilib, bitimlar soni 35,7 foizga köpaygan. Şuningdek, Sirdaryo (26,9 foiz), Navoiy (26,3 foiz) viloyatlari hamda Qoraqalpoğiston Respublikasida (23,3 foiz) ham yuqori sur’atlar qayd etilgan. Jizzax (5,7 foiz), Farğona (3,6 foiz) va Toşkent viloyatida (3,3 foiz) ösiş nisbatan past bölgan.
Tahlilga köra, iyun oyidagi barça oldi-sotdi bitimlarining qariyb uçdan bir qismi Toşkent şahri hissasiga töğri kelgan. Poytaxtda bir oy davomida 7,8 mingta bitim rasmiylaştirilgan bölib, bu umumiy bozor hajmining 30,8 foizini taşkil etgan.

Yarim yillik yakunlariga köra, barça hududlarda ijobiy dinamika kuzatilgan. Eng yuqori ösiş Sirdaryo viloyatida (36,4 foiz), Toşkent şahrida (34,9 foiz) va Navoiy viloyatida (30 foiz) qayd etilgan. Nisbatan past sur’atlar esa Xorazm (16,7 foiz), Buxoro (15,4 foiz) va Farğona (12,1 foiz) viloyatlarida kuzatilgan.
Avvalroq, may oyida poytaxtda uy-joy bozori qanday özgargani borasida tahlil e’lon qilingandi. Kuzatuvlarga köra, mayda ikkilamçi bozorda 1, 2 va 3 xonali kvartiralar qimmatlaşgan bölsa, 4 va undan ortiq xonali uylar arzonlaşdi. Birlamçi bozorda esa 1 va 3 xonali xonadonlar narxi oşgan, 2 hamda 4 xonali uylarda pasayiş kuzatilgan.








