Davlat rahbari Qaşqadaryoga taşrifi çoğida uşbu agroturizm majmuasini borib kördi.

Ilgari bu joylar quruq qir-adir bölgan. Tomçilatib suğoriş yölga qöyilgani natijasida hudud yaşillikka burkandi. Majmua 520 gektardan iborat bölib, adirlik qismida “terrasa” usulida uzum, gilos va olma ekilgan hamda örmon barpo etilgan. Fransiyadan eng sara navlar olib kelingan.

- Çöl-adirlarni özlaştirişimizga şubha qilganlar şu boğni kelib körsin, - dedi Prezident.
7,5 ming tonna mahsulot yetiştiriş imkoniyatiga ega majmuaning eksport quvvati 5 million dollarga teng. 100 ta doimiy va mingdan ortiq mavsumiy iş örni yaratilgan. Köçatlar rivojini fransiyalik mutaxassis kuzatib boradi, yoşlarga dehqonçilik sirlari va bozor talablarini örgatadi.

Hududda, şuningdek, 120 örinli restoran va 100 örinli mehmonxona qurilgan. Agrologistika va öquv markazi, qayta işlaş, saqlaş quvvatlari qurilmoqda.
Mutasaddilar bunday boğlarni kengaytiriş, boşqa toğli tumanlarda ham taşkil etiş rejalari haqida aytdi. Davlatimiz rahbari suğorişni taşkil etib, boğlarni aholiga bölib beriş, odamlarga daromad manbai yaratiş böyiça topşiriqlar berdi.



















