Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Qaşqadaryo viloyati Şahrisabz tumani bölimi xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati vakillari bilan hamkorlikda tezkor tadbir ötkazdi.

Tadbir davomida fuqaro M.M. tomonidan Şahrisabz tumanidagi “Loliston” mahalla fuqarolar yiğini hududida joylaşgan xonadonida yaşirin sex taşkil etilgani aniqlandi. U yerda qölbola usulda iste’molga möljallangan yoğ işlab çiqariş bilan şuğullanib kelgani foş etildi.

Körik vaqtida jami 300 litr iste’molga yaroqsiz yoğ hamda işlab çiqariş jarayonida foydalanilgan boşqa mahsulot va aşyolar aşyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro M.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 186–2-moddasi (çigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravişda işlab çiqariş yoki muomalaga kiritiş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.