Visual Capitalist infografikasida keltirilişiça, 2024-yilda Xitoyda işlab çiqarilgan qişloq xöjaligi mahsulotlarining umumiy qiymati 1,9 trillion AQŞ dollarini taşkil etgan. Bu jahon qişloq xöjaligi mahsulotlari umumiy qiymatining 36 foiziga teng.
Ta’kidlanişiça, Xitoyning agrar iqtisodiyoti hatto reytingda keyingi uç örinni egallagan Hindiston, AQŞ va Braziliyaning umumiy işlab çiqariş hajmidan ham yuqori.
Dunyoda 190 dan ortiq mamlakat qişloq xöjaligi mahsulotlari işlab çiqarişiga qaramay, aynan Xitoy, Hindiston, AQŞ va Braziliya birgalikda jahon agrar mahsulotlari qiymatining qariyb 60 foizini ta’minlaydi.
Mutaxassislar buni har bir mamlakatning öziga xos rivojlaniş modeli bilan izohlamoqda. Xitoy va Hindiston ulkan içki oziq-ovqat tizimlari orqali qariyb uç milliard aholini oziq-ovqat bilan ta’minlaydi.
AQŞ esa yuqori texnologiyalar, mexanizatsiya va yuqori hosildorlik hisobiga yetakçi örinlarni saqlab kelmoqda. Braziliya esa eksportga yönaltirilgan qişloq xöjaligi siyosati orqali dunyodagi eng raqobatbardoş agrosanoat majmualaridan birini şakllantirgan.
Yevropada esa qişloq xöjaligi işlab çiqarişi bir mamlakatda emas, balki bir neçta yirik iqtisodiyotlar örtasida taqsimlangan. Mintaqada Rossiya qişloq xöjaligi mahsulotlari hajmi böyiça yetakçilik qiladi.
Bu, avvalo, mamlakatning kuçli ğallaçilik tarmoği bilan izohlanadi. Rossiya buğdoy eksporti böyiça dunyoda birinçi örinni egallab, arpa va kungaboqar moyi eksportçilari qatorida ham yetakçilardan biri hisoblanadi.
Fransiya, Germaniya, Italiya va Ispaniya esa asosan yuqori qöşilgan qiymatga ega mahsulotlar - sut mahsulotlari va zaytun moyi işlab çiqarişga ixtisoslaşgan.
Tahlilçilarning qayd etişiça, jahonning eng yirik agrar davlatlari işlab çiqariş hajmi böyiça raqobatlaşayotgan bir paytda, Yevropa mamlakatlari qayta işlangan oziq-ovqat va içimliklar hamda yuqori daromad keltiruvçi qişloq xöjaligi mahsulotlari segmentida özining mustahkam örnini saqlab qolmoqda.
Qişloq xöjaligi sohasida qaysi davlatlar yetakçilik qilmoqda?
08:17 / 06.08.20263 9612 min
Jahonda qişloq xöjaligi mahsulotlari işlab çiqariş hajmi 5,2 trillion dollarga yetdi. BMTning Oziq-ovqat va qişloq xöjaligi taşkiloti (FAO) ma’lumotlari asosida tuzilgan yangi reytingga köra, Xitoy uşbu sohada mutlaq yetakçi bölib, dunyoda işlab çiqarilgan qişloq xöjaligi mahsulotlarining uçdan bir qismidan ortiğini ta’minlamoqda.











