Özbekistonda har bir mahallaning barça zarur ma’lumotlarni özida mujassamlaştirgan energetik pasporti şakllantiriladi. Bu haqda energetika vaziri Şerzod Xöjayev ma’lum qildi.
Vazirning sözlariga köra, unda mahalladagi iste’molçilar soni va ularning toifalari, elektr energiyasi va tabiiy gaz infratuzilmasining mavjud holati, ularni ta’mirlaş va modernizatsiya qiliş uçun qança mablağ va vaqt talab etilişi, yangi iste’molçilarni tarmoqqa ulaş imkoniyatlari kabi barça zarur ma’lumotlar aks ettiriladi.
Şuningdek, elektr va gaz ta’minoti korxonalari hamda iste’molçilar örtasidagi muloqot yangi bosqiçga olib çiqiladi.
Buning uçun zamonaviy onlayn platformalar işga tuşirilib, aholi va tadbirkorlarga zarur ma’lumotlarni mobil ilovalar orqali oliş imkoniyati yaratiladi. Elektr va gaz ta’minotidagi uzilişlar haqida ham mobil ilovalar orqali tezkor ma’lumot berib boriladi. Şu bilan birga, koll-markazlar faoliyati yanada takomillaştiriladi.
Şerzod Xöjayevning bildirişiça, xodimlarga kunlik vazifalarni belgilaş, ularning ijrosini nazorat qiliş, hisobotlarni şakllantiriş, mavjud xavflarni tahlil qiliş, qaysi hududlarda uzilişlar köp kuzatilayotganini aniqlaş va kelgusida uziliş yuzaga kelişi mumkin bölgan holatlarni oldindan prognoz qiliş imkonini beruvçi tizimlar joriy etiladi.
Energiya resurslari tannarxini pasaytirişda raqobat muhitini kengaytiriş va bozor mexanizmlarini jadal joriy etişga ham alohida ahamiyat beriladi.
Suyultirilgan gazning erkin bozorini şakllantiriş böyiça tegişli çoralar köriladi.
Bunda tadbirkorlarning import qilib olib kirgan suyultirilgan gazini aholi va tadbirkorlik sub’yektlariga sotiş jarayonini soddalaştiriş, ular uçun qöşimça qulayliklar yaratiş bilan birga, xavfsizlik talablariga qat’iy rioya etiş ta’minlanadi.








