Sönggi yillarda amalga oşirilgan işlar natijasida Özbekiston sun’iy intellektga tayyorlik böyiça xalqaro reytingda 25 poğona yuqorilab, 62-öringa kötarildi. 2030-yilga qadar mamlakatni mazkur reytingda dunyodagi eng ilğor 50 ta davlat qatoriga kiritiş maqsad qilingan.

Şuningdek, sun’iy intellekt asosida yaratilgan dasturiy mahsulot va xizmatlar hajmini 1,5 milliard dollarga yetkaziş, infratuzilmani kengaytiriş hamda 200 dan ortiq yangi loyihani amalga oşiriş rejalaştirilgan.

Özbekiston rahbari sohadagi texnologiyalar şiddat bilan özgarayotganini ta’kidlab, jahon va mintaqadagi tendensiyalarni muntazam tahlil qiliş, ilğor işlanmalarni tezkor özlaştiriş va yangi taşabbuslarni ilgari suriş zarurligini qayd etdi.

Avvalo, taqdimotda zamonaviy hisoblaş infratuzilmasini rivojlantiriş masalalari körib çiqildi.

Ötgan oyda “Raqamli hukumat” data-markazida AQŞning NVIDIA texnologiyalari asosidagi superkompyuter işga tuşirildi. U quvvati böyiça jahon reytingida 321-örinni egalladi. Bir oy içida klaster yuklamasining 90 foizga yetgani Özbekistonda hisoblaş quvvatlariga talab yuqori ekanini körsatmoqda.

Bugungi kunga qadar 24 million dollarlik zamonaviy hisoblaş infratuzilmasi işga tuşirildi. Mavjud klasterni kengaytiriş uçun yana 70 million dollar yönaltiriş taklif qilindi. Qöşimça mablağlar manbalari, zarur uskunalarni olib keliş muddatlari hamda Qoraqalpoğistonda xorijiy investorlar bilan hamkorlikda amalga oşirilayotgan data-markazlar loyihalari böyiça axborot berildi.

Sun’iy intellekt yeçimlarining samaradorligi sifatli ma’lumotlar bazasiga bevosita boğliqligi ta’kidlandi. Şu bois, vazirlik va idoralardagi mavjud ma’lumotlarni xatlovdan ötkaziş, ularning töliqligi, işonçliligi va özaro muvofiqligini ta’minlaş, sohalar kesimida sifatli ma’lumotlar töplamlarini şakllantiriş vazifasi qöyildi.

Joriy yilning özida iqtisodiyot va ijtimoiy sohalarda sun’iy intellekt asosida amalga oşiriladigan loyihalar sonini 100 tadan oşiriş zarurligi körsatib ötildi. Tibbiyot, energetika, transport, bojxona, huquqiy xizmatlar, jamoat xavfsizligi, ekologiya va geologiya yönalişlarida işlab çiqilayotgan yeçimlar taqdim qilindi.