Ma’lum bölişiça, Özbekistonda örtaça iş haqi 7 million sömdan oşgan, bu körsatkiç poytaxtda esa 12 million sömdan yuqori. Eng kam maoş Qaşqadaryoda, daromadi turğun viloyat – Jizzax. Xöş, statistikani rost deb olsak, bu pullarga özbeklar nima qila olyapti? Kun.uz bilan suhbatlaşganlar fikriça, yurtdoşlarimiz jon saqlaş va qarzlarini yopişga asosiy mablağini sarflab yubormoqda.
Statistika qömitasiga köra, yarim yillik tahlillar Özbekistonda örtaça iş haqi 7 million sömdan yuqori ekanini körsatgan. Toşkent esa doimgidek eng serdaromad hududligiça qolmoqda. Lekin mana şu mablağga kim nima qila olyapti?
Kun.uz iqtisodçi, jamiyatşunos va AQŞdagi özbek hamşirasi bilan şu savolni atrofliça muhokama qildi. Ularning fikriça, özbekistonliklar bugun kommunal xizmatlar, oziq-ovqat, xizmat körsatiş narxlari yuqoriligidan noliydi. Şuningdek, daromadining kamida 40 foizini olgan qarzlariga sarflaydi.
Janubiy Koreyaning Seul şahridan onlayn suhbatda qatnaşgan iqtisodçi Valijon Töraqulovga köra, bunday statistikalar insonlar hayotida aks etadi. Lekin örtaça iş haqi har bir fuqaroni ifodalamaydi.
“Masalan, koreyslarning ham hammasi oyiga 3-4 ming dollar topmaydi, Özbekistonda esa qişloqlarda yillik daromadi 500 AQŞ dollariga ham yetmaydiganlar ançagina. Lekin örtaça iş haqi hisoblanganda hamma şunaqa maoş oladi deb tuşuniş xato. Şuning uçun median hisoblaşdan foydalaniş va maoşlarni kiçigidan kattasiga qarab tartiblaş, örtadagi qiymatni oliş realroq vaziyatni ifodalaydi”, deydi iqtisodçi.
Jamiyatşunos Mahmud Yöldoşev fikriça, aksariyat özbekistonliklar öz daromadidan qoniqmaydi va xorijga intiladi. Bundan taşqari, pensionerlar jamiyatda eng ahvoli oğir kişilar bölib qolmoqda. Ayniqsa, hayoti çorvaga boğlanib qolganlarda vaziyat oğir, deydi Yöldoşev.
“Masalan, uzoq yillardan beri Jizzaxda maoş kam va bu davomiy. Sababi – jizzaxliklar savdo-sotiqni yaxşi bilmaydi, köpçiligi çorvaga boğlanib qolgan. Çorva esa yiliga bir marta bolalaydi, vaziyat qolgan hududlarga qaraganda oğirroq”, deydi jamiyatşunos.
Nilufar Salimova 18 yildan beri AQŞda yaşaydi. Hozir yana universitetda öqimoqda, lekin yaqingaça Nyu Yorkda eng maşhur va maoş eng yuqori tölanadigan kasalxonalardan birida işlagan. Daromadim yiliga 150 ming AQŞ dollari edi, deydi u.
“Aniq bilaman, Özbekistonda tibbiyot xodimlari va ayniqsa, hamşiralarga juda kam pul tölanadi. AQŞda esa hamşiralar ştatiga va qança işlaşiga qarab yiliga 50 mingdan – 150 ming AQŞ dollari va undan yuqori ham maoş olişadi. Men töliq ştatda haftasiga 3 kun işlardim va maoşim yiliga bonuslari bilan 150 ming AQŞ dollari atrofida çiqardi. Bu bir hamşira oilasi uçun va juda yaxşi yaşaşi uçun yetarli miqdor”, deydi Salimova.
Lekin uçala suhbatdoş fikriça ham bugun har yerda odamlar oziq-ovqat narxlarining qimmatligi, xizmat körsatiş, transport va dastlabki ehtiyojlar narxi oşib ketganidan qiynalmoqda. Ayniqsa, Amerikada oxirgi vaqtlarda oziq-ovqat narxlari juda qimmatlagan.
“Oyiga hisoblaganda 12,500 AQŞ dollari maoş çiqsa, soliqlardan keyin qölimga 9000 olardim. Şuning hammasi xarajatlarimga ketadi, sababi oilamiz 5 kişidan iborat, 3 nafar farzandim bor. Odamlar doim katta maoşga qaraydi, lekin bizda katta xarajat ham bor”, deydi bugun Nyu Jyersida yaşayotgan Nilufar Salimova.
Iqtisodçi Töraqulovning qöşimça qilişiça, özbekistonliklar bugun daromadining katta qismini qarziga yoki kreditiga tölaşdan taşqari ijara, kundalik xarajatlar, oilaviy çiqimlardan pul orttira olmayapti. Ayniqsa, yoş oilalar daromadining kamida yarmini ijaraga beradi, qolgani esa ta’lim va kundalik xarajatlarga ketadi. Davlatning bu örinda roli muhim, çunki har bir individning iqtisodiy holati oxir-oqibat davlatning iqtisodiy ahvolini şakllantiradi, deydi u.
Spikerlarning fikriça, Özbekiston ham aholi eng köp pul sarflayotgan yönalişlarda davlat dasturlarini yölga qöyişi kerak. Masalan, xususiy maktablar bilan bir qatorda xuddi şunday muassasalarda moddiy ahvoli nomutanosiblar ham borişi, doimiy ijarada yaşovçilar, farzandlarini tögaraklarga beruvçilar, tibbiyot uçun davlat ijtimoiy dasturlarini e’lon qiliş vaqti kelgan.
Suhbatni Kun.uzʼning YouTubeʼdagi sahifasidan töliq tomoşa qilasiz.











