Özbekistonliklar uçun Qozoğistonga kiriş qoidalari: kimlarga ETA kerak böladi va uni qanday rasmiylaştiriş mumkin?
|12:581 51911 min
2027-yil 1-iyuldan Özbekiston fuqarolari Qozoğistonga vizasiz kiriş uçun ETA elektron ruxsatnomasini olişi kerak böladi. Uni safardan kamida 72 soat oldin QazETA ilovasida rasmiylaştiriş lozim. Kimlar ETAdan ozod etilgani, uni qanday oliş va Qozoğistonda böliş qoidalarini tuşuntiramiz.
Yöq, Özbekiston fuqarolariga Qozoğistonga safar qiliş uçun viza kerak emas. Ikki davlat örtasida vizasiz kiriş nazarda tutilgan fuqarolarning özaro safarlari töğrisidagi bitim amal qiladi.
ETA joriy etilişi vizasiz rejimni bekor qilmaydi. Bu safardan oldin rasmiylaştirilişi kerak bölgan qöşimça elektron ruxsatnomadir. U pasport örnini bosmaydi va mamlakatga kirişni kafolatlamaydi: yakuniy qarorni Qozoğistonning çegara organlari qabul qiladi.
Özbekistonliklar uçun ETA qaçon majburiy böladi?
2027-yil 1-iyuldan boşlab Özbekiston fuqarolari Qozoğistonga kiriş uçun ETA olişlari kerak böladi, ruxsatnoma rasmiylaştirişdan ozod etilgan sayohlar toifalari bundan mustasno.
● 2026-yil 1-noyabr - Aqtau aeroporti va törtta avtomobil ötkaziş punkti.
● 2027-yil 1-yanvar - Ostona va Olmaota aeroportlari.
● 2027-yil 1-mart - qolgan ötkaziş punktlari.
● 2027-yil 1-iyul - yangi talablar tatbiq etiladigan sayohatçilar uçun ETA majburiy böladi.
2027-yil 30-iyunga qadar ötiş davri amal qiladi. Bu vaqtda ETA’ni oldindan rasmiylaştiriş mumkin, ammo tizim allaqaçon işga tuşirilgan ötkaziş punktlarida ham ruxsatnomaning yöqligi mamlakatga kirişni rad etiş uçun asos bölmaydi.
Kimlarga ETA rasmiylaştiriş şart emas?
16 yoşga tölmagan bolalar, 65 yoş va undan katta şaxslar, şuningdek, sayyohlarning ayrim boşqa toifalari uçun ETA talab qilinmaydi.
Quyidagi şaxslar ham ruxsatnoma rasmiylaştirişdan ozod etiladi:
Qozoğistonning amaldagi vizasiga ega bölgan çet el fuqarolari;
Qozoğistonda vaqtinça yoki doimiy yaşaş ruxsatnomasiga ega bölgan çet el fuqarolari;
Mavzuga oid
aeroportning xalqaro tranzit hududida qoladigan va Qozoğiston davlat çegarasini kesib ötmaydigan tranzit yölovçilar.
Masalan, agar Özbekiston fuqarosi Qozoğistonda boşqa reysga ötsa va çegara nazoratidan ötmasa, unga ETA kerak bölmaydi. Agar reyslar orasidagi ötiş uçun mamlakatga kiriş zarur bölsa, öz yönalişi böyiça kiriş şartlarini tekşiriş kerak.
Bu istisnolarning töliq röyxati emas. U diplomatlar, rasmiy delegatsiyalar iştirokçilari va boşqa şaxslarning ayrim toifalarini ham öz içiga oladi. Töliq röyxat QazETA’ning maʼlumotlar bölimida eʼlon qilingan.
Qozoğistonda vizasiz qança vaqt böliş mumkin?
Özbekiston fuqarolari Qozoğistonda vaqtinça yaşaş ruxsatnomasini yoki vaqtinça röyxatdan ötişni rasmiylaştirmasdan, bir safar davomida 30 kalendar kungaça bölişlari mumkin. Biroq har qanday 180 kunlik davr içida jami böliş muddati 90 kundan oşmasligi kerak. Bu şartlar 2024-yilda kuçga kirgan fuqarolarning özaro safarlari töğrisidagi bitimga bayonnoma bilan belgilangan.
Masalan, sayyoh Qozoğistonda 20 kun bölib, keyin yana 25 kunga kelsa, ruxsat etilgan 90 kunning 45 kunidan foydalangan böladi. Keyingi safarda oxirgi 180 kun davomida mamlakatda ötkazilgan barça kunlarni hisobga oliş kerak.
Agar Qozoğistonda 30 kalendar kundan ortiq qolişni rejalaştirayotgan bölsangiz, Qozoğiston qonunçiligiga muvofiq vaqtinça yaşaş ruxsatnomasini (RVP) rasmiylaştiriş yoki vaqtinça röyxatdan ötiş kerak. Rasmiylaştiriş tartibi mamlakatda böliş maqsadiga boğliq. Şartlar va hujjatlar haqida batafsil maʼlumotni Qozoğiston hukumatining rasmiy portali orqali oliş mumkin.
Muhim: ETA 180 kalendar kun davomida amal qiladi, ammo Qozoğistonda böliş uçun ruxsat etilgan muddatni uzaytirmaydi.
Özbekistonliklarga Qozoğistonga kiriş uçun qanday hujjatlar kerak?
Qozoğistonga kirişda Özbekiston fuqarolari Özbekiston fuqarosining biometrik pasporti yoki xorijga çiqiş pasportidan foydalanişlari mumkin. Ikkala hujjat ham davlatlar örtasidagi bitimda nazarda tutilgan. Biroq QazETA orqali ETA rasmiylaştiriş uçun amal qiliş muddati kamida olti oy bölgan xorijga çiqiş pasport bölişi lozim.
ETA QazETA orqali qanday rasmiylaştiriladi?
ETA’ni rasmiylaştiriş uçun QazETA ilovasida röyxatdan ötiş (iOS yoki Android), şaxsni tasdiqlaş va ariza töldiriş kerak. Ariza Qozoğistonga kiriş rejalaştirilgan vaqtdan kamida 72 soat oldin topşirilişi lozim.
Biz QazETA ilovasida röyxatdan ötiş va anketani töldiriş jarayonini örgandik. Quyida har bir bosqiçda qanday maʼlumotlar kerak bölişi va nimalarga eʼtibor beriş lozimligini aytamiz.
1-qadam. QazETA ilovasida röyxatdan öting
Ilovani oçing va akkaunt yarating. Ismingiz, familiyangiz, telefon raqamingiz va elektron poçtangizni kiriting, söngra parol öylab toping.
Kun.uz
Parol kamida sakkizta belgidan iborat bölişi kerak: lotin alifbosidagi boş va kiçik harflar, raqam hamda maxsus belgi.
2-qadam. Şaxsingizni tasdiqlang
Röyxatdan ötgandan keyin ilova şaxsni tasdiqlaş jarayonidan ötişni taklif qiladi. Buning uçun xorijga çiqiş pasportingizning şaxsiy maʼlumotlar körsatilgan sahifasini va imzo qöyilgan sahifasini skanerlaş kerak. Keyin ilova NFC yordamida pasportning elektron çipidan maʼlumotlarni öqişni va telefon kamerasi orqali yuzni tekşirişdan ötişni taklif qilişi mumkin.
Kun.uz
Agar telefoningiz NFC’ni qöllab-quvvatlasa, uni pasportga yaqinlaştiring va maʼlumotlarni öqiş jarayoni tugagunça uşlab turing.
Agar pasport skanerlanmasa, yoruğlik aksini kamaytirişga, hujjatni tekis yuzaga qöyişga va yaxşi yoritilgan joyni tanlaşga harakat qiling. Çipni öqişda telefon ğilofini yeçiş yordam berişi mumkin.
3-qadam. ETA xizmatini tanlang
Şaxsingiz tasdiqlangandan keyin ilova boş ekranidagi ETA bölimiga öting. Arizani töldirişni boşlaş uçun Apply Now, keyin esa Start Application tugmasini bosing.
Kun.uz
4-qadam. Pasport maʼlumotlarini tekşiring
Maʼlumotlarni qayta işlaşga rozilik bildiring va şaxsni tasdiqlaşda foydalangan hujjatingizni tanlang.
Ismingiz, familiyangiz, fuqaroligingiz, tuğilgan sanangiz, pasport raqamingiz va uning amal qiliş muddatini tekşiring. Agar notöğri hujjat tanlangan bölsa, Select Another Document tugmasidan foydalaning.
Kun.uz
Pasport raqami, ism va familiyaning yozilişiga alohida eʼtibor bering. Bu maʼlumotlardagi xatolar safardan oldin hujjatlarni tekşiriş jarayonida muammolarga sabab bölişi mumkin.
5-qadam. Safar haqidagi maʼlumotlarni kiriting
Aloqa maʼlumotlari va safarga oid maʼlumotlarni töldiring: safar maqsadi, çegarani kesib ötiş usuli, jönab ketiladigan mamlakat, kiriş va çiqişning taxminiy sanalari, şuningdek, Qozoğistonning taşrif buyurişni rejalaştirayotgan hududi.
Kun.uz
Maʼlumotlarni safarning haqiqiy rejalariga muvofiq kiriting.
6-qadam. Soğliq va aloqa uçun masʼul şaxs haqidagi maʼlumotlarni kiriting
Favqulodda vaziyatda boğlaniş mumkin bölgan şaxsni körsating hamda tibbiy suğurta, sönggi 30 kun içida kasallik alomatlari kuzatilgani va taşrif buyurilgan mamlakatlar haqidagi anketa savollariga javob bering.
Kun.uz
Ilova taşrif buyurişni rejalaştirayotgan mamlakatlar haqidagi maʼlumotlarni ham söraşi mumkin.
7-qadam. Bojxona savollariga javob bering va arizani yuboring
Oxirgi bosqiçda ilova sayyoh Qozoğistonga olib kirmoqçi bölgan tovarlar va pul mablağlari haqida savollar beradi.
Jumladan, anketa ösimliklar, hayvonlar, spirtli içimliklar, tamaki, tijorat maqsadlarida foydalaniladigan tovarlar, boşqa şaxsga tegişli bagaj, olib kiriş çeklangan buyumlar va ekvivalenti 10 ming dollardan ortiq naqd pul mablağlari haqidagi savollarni öz içiga oladi.
Anketani yuborgandan keyin QazETA ilovasidagi «Mening arizalarim» bölimiga kiring va uning holatini tekşiring. Safardan oldin ruxsatnoma olinganiga işonç hosil qiling: arizani yuboriş uning maʼqullanganini anglatmaydi.
Agar ariza rad etilsa, QazETA ilovasidagi bildirişnomani örganing. Pasport va aloqa maʼlumotlarini tekşiring. ETA berişni rad etiş Qozoğiston migratsiya qonunçiligida nazarda tutilgan asoslar bilan boğliq bölişi mumkin. Agar texnik xato tufayli arizani yuboriş yoki şaxsni tasdiqlaş jarayonidan ötişning iloji bölmasa, QazETA qöllab-quvvatlaş xizmatiga murojaat qiling.
Arizani qaçon topşiriş kerak va ETA qança turadi?
ETA uçun ariza Qozoğistonga kiriş rejalaştirilgan vaqtdan kamida 72 soat oldin topşirilişi kerak. Ehtimoliy texnik muammolarni hal qilişga vaqt qolişi uçun uni ertaroq rasmiylaştirgan maʼqul.
Masalan, agar siz 10-iyul kuni soat 15:00 da çegaradan ötişni rejalaştirayotgan bölsangiz, ariza 7-iyul kuni soat 15:00 dan keçiktirmay yuborilişi kerak. Biroq ariza topşirişni oxirgi kunga qoldirmagan yaxşi.
ETA rasmiylaştiriş bepul. Ruxsatnoma 180 kalendar kun davomida amal qiladi.
ETA’ning amal qiliş muddati Qozoğistonda böliş uçun ruxsat etilgan muddat bilan bir xil emas. Hatto amaldagi ruxsatnoma bölganda ham safar davomiyligiga nisbatan belgilangan çeklovlarga rioya qiliş zarur.
Qozoğistonga ETA’siz kelinsa, nima böladi?
2027-yil 30-iyunga qadar ETA’ning yöqligi öz-özidan Qozoğistonga kirişni rad etiş uçun asos bölmaydi. Bu davrda, hatto tizim muayyan ötkaziş punktida allaqaçon işlayotgan bölsa ham, ruxsatnomani rasmiylaştiriş tavsiya etiladi, ammo majburiy emas.
2027-yil 1-iyuldan boşlab, agar sayyohda bunday ruxsatnoma bölişi şart bölsa va u istisnolar qatoriga kirmasa, ETA’ning yöqligi mamlakatga kirişni rad etiş uçun asos böladi. Şu bilan birga, ETA olingan bölişi ham mamlakatga kirişni kafolatlamaydi. Qozoğiston çegara organlari mamlakat migratsiya qonunçiligida nazarda tutilgan boşqa asoslarga köra ham çegaradan ötişni rad etişlari mumkin.
Qozoğistonga safardan oldin nimalarni tekşiriş kerak?
Özbekistondan çiqişdan oldin quyidagilarga işonç hosil qiling:
Xorijga çiqiş pasportining amal qiliş muddati tugamagan. QazETA orqali ETA rasmiylaştiriş uçun pasportning amal qiliş muddati kamida olti oy bölişi kerak.
ETA kerak yoki kerak emasligini tekşirdingiz. 2027-yil 1-iyuldan boşlab uşbu ruxsatnoma istisnolarga kirmaydigan sayyohlar uçun majburiy böladi.
Ariza oldindan topşirilgan. Agar sizga ETA kerak bölsa, anketani safardan kamida 72 soat oldin yuboring va ruxsatnoma olinganiga işonç hosil qiling.
Mamlakatda böliş muddatini hisoblab çiqdingiz. Nafaqat bölajak safar davomiyligini, balki avvalgi 180 kun davomida Qozoğistonda ötkazilgan kunlarni ham hisobga oling.
Hujjatlardagi maʼlumotlar bir-biriga mos keladi. ETA uçun arizadagi ism, familiya va pasport raqamini tekşiring.