Davlat xavfsizlik xizmati va Toşkent şahar IIBB xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda kottej uy savdosi bilan boğliq tovlamaçilik holatiga çek qöyildi.
Ma’lum qilinişiça, Toşkent şahrida yaşovçi, 1979-yilda tuğilgan, muqaddam sudlangan şaxs hamda uning 1988-yilda tuğilgan ukasi mahalliy fuqaroga tegişli Toşkent tumanidagi kottejni 66 ming AQŞ dollariga sotib olişga kelişgan.
Dastlab ular uy egasiga 30 ming AQŞ dollarini tölab, qolgan 36 ming dollarni olti oy içida berişga va’da qilgan. Şundan söng, 2022-yil may oyida kottej 1976-yilda tuğilgan akasi nomiga notarial tartibda rasmiylaştirilgan.
Biroq, tergov ma’lumotlariga köra, keyinçalik aka-uka qolgan 36 ming AQŞ dollarini tölaşdan boş tortgan. Şuningdek, ular uy egasi pulni talab qilgan taqdirda unga nisbatan tazyiq ötkaziş bilan tahdid qilgan.
Tezkor tadbir davomida gumonlanuvçilar qölga olindi. Ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi «a» bandi (tovlamaçilik) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Hozirda mazkur iş yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.








