AQŞda doimiy talab yuqori kasb egalaridan biri – hamşira va şifokorlar. Biroq, Amerikaga ingliz tilini biladigan, sohasining yetuk bilimdoni va professional tibbiyot xodimlari kerak. Korn Ferry vakillariga köra, hamşiralar va yordamçi klinik-texnik mutaxassislarga ehtiyoj rostdan ham yildan-yilga oşmoqda. Kompaniya bu borada Özbekiston bilan muloqotga tayyorligini bildirgan.
Konsulxona muloqotda Özbekistonning taşqi mehnat migratsiyasi geografiyasi, maqsadli kadrlar tayyorlaş va ularni xorijda himoya qiliş böyiça vakillarni atrofliça taniştirgan.
Muzokaralar yakunida Korn Ferry salohiyatli iş beruvçilarning kadrlarga bölgan aniq ehtiyoji, talab qilinadigan mutaxassisliklar, nomzodlarning malaka darajasi va tayyorgarlik mezonlarini örganişiga kelişildi.
Şuningdek, Özbekiston va AQŞdagi hamşiralarni tayyorlaş tizimlari örtasidagi tafovutlarni, jumladan, til, klinik tayyorgarlik, malakani tan oliş, litsenziyalaş va immigratsiya talablarini qiyosiy tahlil qiliş rejalaştiriladi.
Tomonlar loyihani dastlab kiçik pilot guruh bilan boşlamoqçi, natijalar va AQŞ iş beruvçilarining talabidan kelib çiqib, özbekistonlik hamşiralarni jalb etiş kölami kengayişi mumkin.
Eslatib ötamiz, 1969-yilda Los-Anjyelesda taşkil etilgan Korn Ferry bugun 50 dan ortiq mamlakatlarda faoliyat yuritadi. Kompaniya taşkilotlarni rivojlantiriş, rahbar va mutaxassislarni tanlaş, xalqaro va ommaviy kadrlar yollaş hamda inson kapitalini boşqarişga ixtisoslaşgan.








