Oliy Majlis Senatining 18-yalpi majlisida Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi tomonidan taqdim etilgan Özbekistonda korrupsiyaga qarşi kuraşiş töğrisidagi milliy ma’ruza körib çiqildi.

Senat axborot xizmati ma’lumotiga köra, 2025-yilda korrupsiyaga qarşi kuraşiş sohasida davlat boşqaruvining oçiqligi va şaffofligini ta’minlaş, davlat xizmatlarini raqamlaştiriş, korrupsiyaning oldini oliş va jamoatçilik nazoratini kuçaytiriş böyiça qator işlar amalga oşirilgan.

Xususan, respublika böylab soğliqni saqlaş, ta’lim, bandlik, bank va kadastr sohalarida korrupsiya hamda byurokratiyani keltirib çiqarayotgan sabablar joyiga çiqqan holda örganilgan. Natijada korrupsiya xavfi yuqori bölgan tuman va şaharlar uçun manzilli “yöl xaritalari” tasdiqlangan.

Şuningdek, korrupsiyaga qarşi kuraşiş tizimini takomillaştirişga qaratilgan 7 ta normativ-huquqiy hujjat qabul qilingan. Davlat organlari va taşkilotlarida korrupsiyaga qarşi içki nazorat - komplayens tuzilmalari mustaqil şaklda qayta taşkil etilgan.

Şu bilan birga, milliy ma’ruzada sohada saqlanib qolayotgan muammolar ham qayd etilgan. 2025-yilda korrupsiyaga oid jinoyatlar böyiça 7517 nafar şaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan va davlat manfaatlariga 2,9 trln sömdan ortiq zarar yetkazilgan.

Eng köp korrupsiyaga oid jinoyatlar maktabgaça va maktab ta’limi, soğliqni saqlaş, mahalliy hokimliklar hamda tijorat banklarida qayd etilgan.

Bundan taşqari, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining har törtinçisida korrupsiyaviy omillar aniqlangan. Davlat xaridlari sohasida esa 12,6 trln sömlik qonunbuzilişlar qayd etilgan.

Senatorlar korrupsiya profilaktikasi samaradorligini oşiriş, davlat xaridlarida qonuniylikni mustahkamlaş, komplayens tizimi faoliyatini kuçaytiriş hamda korrupsiya oqibatida davlatga yetkazilgan zararning qoplanişi ustidan nazoratni kuçaytiriş zarurligini ta’kidlagan.

Muhokama yakunida Senatning tegişli qarori qabul qilingan.