Yöl harakatini taşkil etiş markazi ma’lumotiga köra, piyodalar xavfsizligini oşiriş maqsadida Amir Temur xiyoboni atrofi va unga tutaş çorrahalarda avvalroq 5 ta yangi svetofor ob’yekti örnatilgan edi.

Endilikda ularning barçasi özaro sinxronlaştirilib, ikki yönalişda «Yaşil tölqin» rejimida işlamoqda.

Birinçi yönalişda Amir Temur va Buxoro köçalari kesişmasida svetoforning yaşil signalida harakatni boşlagan avtomobil Amir Temur xiyoboni atrofidagi aylanma çorrahadan ötib, Oloy bozori tomon svetoforlarda ortiqça töxtamasdan harakatlanişi mumkin.

Qarama-qarşi yönalişda esa Temuriylar tarixi davlat muzeyi tomonidan Amir Temur köçasi böylab kelayotgan avtomobillar aylanma çorrahadan ötib, Amir Temur va Buxoro köçalari kesişmasigaça «Yaşil tölqin» rejimida harakatlanişi mumkin.

«Yaşil tölqin» barça svetoforlarda yaşil çiroq bir vaqtda yonişini anglatmaydi. Tizim avtomobilning muayyan yöl qismini bosib ötişi uçun zarur vaqtni hisobga oladi va keyingi svetoforlarda yaşil signal şunga muvofiq vaqt oraliği bilan yonadi.

Şu bois haydovçi yönalişga yaşil signalda kirib, belgilangan tezlik me’yorida bir maromda harakatlansa va yölda transport oqimi erkin bölsa, keyingi svetoforlarga ham yaşil signal vaqtida yetib borişi mumkin.

Markaz «Yaşil tölqin» tizimi tezlikni oşiriş uçun emas, balki transportning yagona va xavfsiz ritmda harakatlanişi uçun joriy etilganini ta’kidladi. Haydovçilardan tezlik me’yoriga rioya qiliş, keskin tezlaşiş va tormozlaşdan saqlaniş, xavfsiz oraliq masofani saqlaş hamda piyodalarga yöl beriş söralgan.

Yangi tizim orqali svetoforlar oldidagi ortiqça töxtaşlarni kamaytiriş, transport oqimini bir maromga soliş, çorrahalardagi navbatlar va kutiş vaqtini qisqartiriş kutilmoqda. Şuningdek, keskin tezlaşiş va tormozlaşlar kamayişi hisobiga yonilği sarfi va zararli çiqindilar hajmini qisqartiriş maqsad qilingan.

Keyingi bosqiçda Amir Temur xiyobonidagi aylanma çorrahadan Maxtumquli köçasigaça bölgan yönalişni ham «Yaşil tölqin» tizimiga ulaş rejalaştirilgan. Hozirda mazkur uçastka uçun tegişli algoritm işlab çiqilmoqda.